Среда, 2024-05-15, 18.22
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 30 » Ittifoqchi nemislar ham taajjubda
Ittifoqchi nemislar ham taajjubda
00.40
Ittifoqchi nemislar ham taajjubda
30.04.2008 y.  NewsUz. Lyuksemburgda mashvarat o‘tkazgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kutilgandek O‘zbekiston rasmiylariga joriy etilgan viza cheklovini yana olti oyga to‘xtatishga qaror qilishdi. Bu qarorni nemis matbuoti, xususan, Frankfurter Allgemeine gazetasi paradoksal holat deb baholadi...

Nemis gazetasi sanktsiyalar amalda bo‘lgan 2,5 yil davomida hech narsa ayrim o‘zgarishlar ro‘y berganiga taajjub bildiradi. Ushbu holat Yevropa rasmiylariga kuch berayotgan, ularni o‘z qarorini to‘g‘ri deb dastaklashga asos bo‘layotgan jihat. Lekin ayni paytda xalqaro tashkilotlar, deylik, Human Rights Watch yuz bergan o‘zgarishlar unchalik ham ko‘zga tashlanarli emasligi, sanktsiyalarni amalda qoldirish kerak degan pozitsiyada.

Joriy yilning fevralida O‘zbekistonda bir necha inson huquqi himoyachisiga qamoq eshiklari ochildi. Bu holat esa Yevropa tomonidan ijobiy o‘zgarish sifatida qabul qilindi.

Human Rights Watch esa hali ham eng kamida 12 nafar inson huquqlari himoyachisi qamoqda qolayotgani, hozir ham ozodlikdagi sanoqli huquq faollariga bosim bo‘layotganini ta'kidlaydi. Shu bilan birga tashkilot ozodlikka chiqqan siyosiy mahkumlar shunchaki uyiga qo‘yib yuborilmagani, ularga avf xati yozish hamda huquq himoyasi borasidagi faoliyatini to‘xtatish sharti qo‘yilganiga e'tibor qaratadi. Ana shundan kelib chiqib, xalqaro tashkilot YeIning viza cheklovini yana olti oyga to‘xtatish qarorini ham Toshkentga yon bosish deb baholagan. 

Nemis gazetasiga ko‘ra, O‘zbekiston sanktsiyasi masalasida Yevropaning barcha davlatlari ham bir fikrda emas. Masalan, Shvetsiya va Niderlandiya viza cheklovi to‘xtatilsa-da, uch oydan keyin yana tekshirishni talab qilgan.
Yevropa diplomatlari o‘zbek rahbariyatidan inson huquqlari borasida talablarni quchoq ochib qabul qilishni kutyapti. Lekin bunday munosabat baribir ramziy xarakterga ega bo‘ladi, deb xulosa qiladi Frankfurter Allgemeine nashri.

Germaniya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi eng yaqin hamkori. Termez shahrida o‘z harbiy bazasiga ega bo‘lgan mamlakat YeIning boshqa a'zolarini sanktsiyalarni bekor qilishga ko‘ndira olgan
Views: 888 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics