Понедельник, 2024-04-29, 12.53
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 30 » Samarqand hokimi nega prezident g‘azabiga uchradi?
Samarqand hokimi nega prezident g‘azabiga uchradi?
00.43
Samarqand hokimi nega prezident g‘azabiga uchradi?
30.04.2008 y.

 NewsUz. Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimidan keskin tanqid bilan bo‘shatilgan A'zamxon Bahromov aslida prezident xohishi bilan "yuqori"ga ko‘tarilishi kerak edi. Lekin kutilmagan hodisa hammasini boshqa o‘zanga burib yubordi. Rejalarni butkul o`zgartirishga to`g`ri keldi.

Bu boradagi versiya Uzmetronom nashri tomonidan ilgari surildi.

Avval xabar berganimizdek, bir muddat Samarqand viloyatiga rahbarlik qilib turgan A'zamxon Bahromov ikki hafta oldin prezident I. Karimov ishtirokidagi sessiyada juda qattiq tanqidlar bilan lavozimidan bo‘shatilgandi. O‘zbekiston rahbarining viloyat kengashidagi ma'ruzasi tahlilchilar tomonidan har galgidan shiddatliroq o‘tgani aytilgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekiston prezidenti I. Karimov A'zamxon Bahromovni Samarqandning birinchi rahbari bo‘lishiga rozi bo‘lgan va bu borada bosh vazir Sh. Mirziyoevga topshiriq ham bergan.
Biroq Shanxay hamkorlik tashkilotining terrorchilikka qarshi kurash tuzilmasidan o‘zbek rasmiylariga yuborilgan maxfiy ma'lumot rejani chippakka chiqargan.   

Uzmetronom taxminiga ko‘ra, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishda gumon qilingan chechen tadbirkori Samarqand viloyati rahbariyati, xususan, hokim vazifasini bajaruvchi A'zamxon Bahromov bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lgan. Ushbu ma'lumotga asoslanib o‘sha paytda Samarqandda bo‘lib turgan gumondor shaxs - chechen hibsga olingan va unga qarshi jinoiy ish ochilgan. Prokuratura tomonidan qo‘lga olingan gumonlanuvchini qamoqqa olishga sanktsiya uchun, yangi tartibga ko‘ra, sudga olib borilgan. Biroq viloyat hokimining tanishi bo‘lgan chechen sud idorasiga katta pora berish evaziga ozodlikka chiqarilgan va qochib ketgan.

Bu esa O‘zbekiston prezidentining g‘azabiga sabab bo‘lgan va hammaga ma'lum bo‘lgan tarzda A'zamxon Bahromovning ishdan olinishiga olib kelgan.

O‘zbekistonda viloyat hokimlarining shubhali shaxslar, ayniqsa, terrorchilikka aloqador odamlar bilan aloqasi kechirilmaydi. Xabarlarga qaraganda, A. Bahromovga nisbatan jinoiy ish allaqachon ochilgan. Albatta, terrorchilik aybi bilan emas, boshqa navbatchi moddalar bilan.

Views: 1729 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics