Понедельник, 2024-04-29, 12.55
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Май » 4 » Hamon Kuba bilan bir safda
Hamon Kuba bilan bir safda
01.07
 Hamon Kuba bilan bir safda
NewsUz "Freedom House" tashkiloti dunyoda matbuot erkinligi ahvoliga bag‘ishlangan hisobot e'lon qildi. Unda O'zbekiston matbuot erkinligi eng yomon holatda bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritilgan. Hisobot "2007 yilda matbuot erkinligi: Global ortga ketish yili" deb ataladi. Unga ko`ra...

Tadqiqotda 195 dan ortiq davlatdagi holat tahlil etilgan. Bunga ko‘ra, o‘tgan yili 72 davlatda matbuot erkinligi tamoyiliga rioya etilgan. 59 ta davlatda matbuot qisman erkin faoliyat yuritgan. Qolgan 64 ta davlatda esa matbuot erkinligi cheklangan. Shu tariqa dunyoning atigi 18 foiz aholisi erkin matbuot muhitida yashagan. 40 foizi qisman va 42 foizi mutlaq cheklangan ommaviy axborot vositalari xizmatidan foydalangan.
Hisobotda O'zbekiston matbuoti erkinligi borasida Birma, Kuba, Shimoliy Koreya, Ekvatorial Gvineya, Zimbabve va Turkmaniston bilan bir safga qo‘yilgan.

2007 yilda mamlakatda xorijiy radio hamda telekanallarga qarshi targ‘ibot kampaniyasi kuchaygani, "Nemis to‘lqini" radiosi muxbirlariga nisbatan bosim o‘tkazilgani matbuot erkinligi buzilishini taqiqlovchi dalil sifatida keltirilgan.

O'tgan yil kuzda Qirg‘izistonda o‘zbek jurnalisti Alisher Soipov o‘ldirib ketilgandi. Xalqaro tashkilot taniqli jurnalistning o‘limida maxsus xizmatlar ishtiroki to‘g‘risidagi taxminlar borligini qayd etgan. Tadqiqotda xususiy nashrlar ustidan ham nazorat kuchaygani, masalan, tez fursatda ommalashgan "Odamlar orasida" gazetasi yopib qo‘yilgani aytiladi.

Views: 975 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Май 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Login form
Search
Site friends

Statistics