Понедельник, 2024-04-29, 11.31
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Май » 4 » O’lim o‘rniga qamoq jazosi
O’lim o‘rniga qamoq jazosi
01.10

 O’lim o‘rniga qamoq jazosi

NewsUz. O'zbekiston Oliy sudi o‘lim jazosiga hukm qilingan mahkumlar ishini qayta ko‘ra boshladi. Mamlakatda joriy yilning birinchi yanvaridan "O'lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida" qonun kuchga kirdi. Bu esa avvalroq ushbu jazoga hukm etilganlar jinoiy ishini boshqatdan ko‘rib chiqishni taqozo etadi.

Qonun qabul qilingunga qadar o‘limga hukm etilganlar jazosi umrbod yoki 20-25 yillik qamoq jazosi bilan almashtirilishi zarur. Ferghana.ru saytining O'zbekistondagi "Onalar o‘lim jazosiga va qiynoqlarga qarshi" nodavlat tashkiloti rahbari Tamara Chikunovaga tayanib xabar berishicha, hozirgacha o‘n yettita o‘lim jazosi qayta ko‘rib chiqildi. Ularning barchasiga oldin belgilangan o‘lim jazosi  20-25 yilga ozodlikdan mahrum etish bilan alishtirildi. Mazkur mahkumlar Toshturmaning "o‘lim" kamerasidan Andijon, Urganch, Nukus, Qarshi, Navoiy shaharlar koloniyalaridagi turmalarga qolgan jazoni o‘tash uchun jo‘natilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, sud oliy jazoni avtomatik ravishda umrbod qamoq jazosiga almashtirmay, har bir ishni alohida ko‘rib chiqmoqda, yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni e'tiborga olmoqda.

Nodavlat tashkiloti rahbari shu choqqacha "O'lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida" qonunni huquqiy qo‘llash amaliyoti nashr etilmaganini hasrat bilan qayd etgan. Shuning uchun ham Oliy sud jinoyat ishlarini qayta ko‘rayotganida nimalarga asoslanib hukm chiqarayotgani borasida xulosa chiqarish qiyin bo‘lmoqda. Ishlari qayta ko‘rib chiqilayotgan mahkumlarning keyingi taqdiri borasida ham noaniqliklar ko‘p.

O'zbekistonda o‘lim jazosiga hukm etilganlarning soni borasidagi ma'lumot hozir ham maxfiy bo‘lib qolmoqda. Bu esa xalqaro tashkilotlarning tanqidiy munosabatiga sabab bo‘lgan.
Views: 1027 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Май 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Login form
Search
Site friends

Statistics