Понедельник, 2024-04-29, 12.00
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Май » 4 » BMT bosh kotibi Toshkentdan umidvor
BMT bosh kotibi Toshkentdan umidvor
01.13

 BMT bosh kotibi Toshkentdan umidvor

NewsUz. O‘zbekiston bundan buyon BMTning inson huquqlari borasidagi barcha hujjatlari talablarini bajaradi. Huquq himoyasi bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari esa o‘z faoliyatini tanqidiy ravishda o‘rganib chiqadi. Shu tariqa huquq himoyasi borasidagi barcha muammolar hal etiladi.

Joriy yilning 1 mayida mamlakat prezidenti Islom Karimov imzolagan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida" farmonda ana shunday umidbaxsh mujdalar aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston BMT tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbir uchun yuz ming dollar mablag‘ o‘tkazadi.

Ma'lum bo‘lishicha, BMT Bosh kotibi 10 dekabr - Inson huquqlari kuni munosabati bilan bayonotnoma yo‘llagan. O‘zbekiston rahbarining mazkur farmoni esa ana shu bayonotnomaga javoban e'lon qilingan.

Ushbu sanani katta tantanalar bilan o‘tkazish kerakligi ko‘rsatilgan farmonda mamlakat parlamenti va hukumatiga inson huquqlari borasidagi qonunlarni so‘zsiz bajarilishini ta'minlash yuklatilgan. Shu bilan birga mamlakat ommaviy axborot vositalariga bu borada amalga oshirilayotgan ulkan ishlarni keng yoritish bo‘yicha ham topshiriq berilgan.

Prezident farmonida O‘zbekiston BMT tomonidan qabul qilingan xalqaro huquq me'yorlarini to‘la bajarayotgani aytilgan. Hujjatda aytilishicha, mamlakatda har yuz ming aholiga 138 nafar mahbus to‘g‘ri keladi, bu dunyoning eng rivojlangan davlatlaridagidan ancha kamdir.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari esa mamlakatni inson huquqlari borasida talablarni buzishda ayblaydi. Masalan, Shveytsariyaning Jeneva shahrida o‘tgan BMT qiynoqlar qo‘mitasi 39-sessiyasida o‘zbek huquq idoralari tomonidan qiynoqlar, insoniylikka zid munosabatda muntazam sur'atda qo‘llanayotgani, BMT Konventsiyasi talablari bajarilmayotganidan tashvish izhor etgan.

Qo‘mita ekspertlari O‘zbekistonda politsiya va turma xodimlari qiynoqlardan doimiy sur'atda foydalanishlarini qayd etgan. Bu borada tekshiruvlar o‘tkazish, noinsoniy munosabatlarga yo‘l qo‘yganlarni jazolash talablari esa tabiiy ravishda e'tiborsiz qoldirilgan. Qiynoqlar va noinsoniy munosabatlar xususan, tergov va surishtiruv davrida avj olishi ta'kidlangan.
O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha BMT tomonidan qabul qilingan oltita xalqaro shartnomaga qo‘shilgan
Views: 1052 | Added by: himoyachi | Rating: 5.0/1 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Май 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Login form
Search
Site friends

Statistics