Понедельник, 2024-04-29, 14.41
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Май » 4 » Rishton: obi hayot istab...
Rishton: obi hayot istab...
01.15
 Rishton: obi hayot istab...
NewsUz.Com. Yoz yaqinlashishi bilan Farg‘ona viloyatining Rishton tumani aholisini tashvish bosadi: suv sotish olish kerak! Kuz va bahor mavsumida aholi ichish uchun amallab yomg‘irni g‘amlab oladi. Yozda esa yomg‘ir suvini topish ham muammoga aylanadi. Osmon uzoq, yer qattiq...

O‘zbekiston mustaqil inson huquqlari tashabbuskor guruhi tarqatgan ma'lumot ga ko‘ra,  ayni paytda tuman aholisi qo‘shni Qirg‘iziston hududidan keltirilgan suvni sotib olishga majbur. Suvning chelagi o‘rtacha 100 so‘m turadi. Kundalik ehtiyoj uchun esa har bir oilaga kuniga 12-13 chelak suv kerak bo‘ladi. Shu tariqa faqatgina ichimlik suvi xaridi uchun har bir oila oyiga 39-40 ming so‘m sarflaydi.

Rishtonning Amirobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi otaxon 1992 yildan beri ichimlik suvi yo‘qligini aytadi. Suhbatdoshning ma'lum qilishicha, odamlar oldinlari ariq suvini tindirib ichishardi. Endi esa ariqlarda ham suv yo‘q. Tumanning ayrim hududlariga kranlar yetib borgan. Lekin kranlar suv ko‘rmaganiga ko‘p zamonlar bo‘ldi. Bu holatni tuman suv kanali xodimlari suvni qayta ishlash uchun energiya kerakligi, energiyadan esa qarz ko‘pligiga yo‘yadi.

Aslida tuman hududida yer osti grunt suvlari ko‘p. Lekin bu omil umumiy vaziyatga ijobiy ta'sir etmaydi. Nega deganda, grunt suvlari ko‘p hollarda yer ostidagi chiqindilar bilan aralashib ketadi. Va ularni hatto ekin uchun ham ishlatib bo‘lmaydi.

Aksariyat mutaxassislar muammoni hal etish uchun drenajlar qurish, grunt suvlarini tortib olib, daryoga oqizish kerakligi aytishadi. Lekin drenajlar uchun ham katta miqdorda elektr energiya kerak. Energiya esa Farg‘ona viloyatida aholining asosiy ehtiyojlariga ham yetmayapti.

Rishton Farg‘ona viloyatining aholi tez ko‘payayotgan tumanlaridan biri. Hududda 157,4  ming kishi istiqomat qiladi.

Views: 1255 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Май 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Login form
Search
Site friends

Statistics