Понедельник, 2024-04-29, 13.11
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Май » 12 » Og'ir iqtisodiy sharoit o'zbekistonlik ayollarni xorijga haydamoqda
Og'ir iqtisodiy sharoit o'zbekistonlik ayollarni xorijga haydamoqda
09.48

Og'ir iqtisodiy sharoit o'zbekistonlik ayollarni xorijga haydamoqda
Sharhlovchilarning aytishicha, mavjud repressiv siyosat, qatag’onlar, iqtisodiy qiyinchiliklar asorati ayniqsa o`zbek ayoli taqdirida og’ir aks etmoqda.

Yaqinda uch yil to`layotgan Andijon fojealari qochqinlari orasida ham ayollar ko`pchilik edi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, ko`pining farzandlari O`zbekistonda qolgan, ayollar nafaqat qochqinlikka, balki o`z yaqinlari, farzandlaridan ayrilishga ham majbur bo’lgan.  

Hozirgacha ayrim qochqinlar O`zbekistonga qaytgan. Yaqinda rasmiy ayblovga ko`ra Andijon fojealari tashkilotchisi sanalgan Akrom Yo`ldoshevning xotini Yodgoroy Yo`ldosheva ham bir guruh ayollar bilan O`zbekistonga qaytgani haqida ma`lumotlar paydo bo`ldi. Biroq bu ma`lumot tasdig`ni topganicha yo`q.

Farg`onalik huquq himoyachisi Abdusalom Ergashevning so’zlariga qaraganda, u Yo`ldosheva qaytgani haqidagi ma`lumotni eshitgan, xolos.

“Andijondan, nafaqat mustaqil jurnalist, balki mahalliy jurnalistning ham biror ma`lumot olishi qiyin, juda og`ir. Qochqinlarda ham hozirgacha ma`lumot berishga intilish kuzatilmagan,” - deydi Abdusalom Ergashev.

O`zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov fikriga ko`ra, Andijon fojealari paytida Bobur maydonidagi namoyishchilarning ko`pini ayollar tashkil etgan.

“Ular xorijda ming yaxshi yashagani bilan, farzandlarini ko`rish uchun O`zbekistonga intilayapti. Anig`i shuku, o`sha fojea kuni namoyishda ko`proq ayollar bo`lgan,” - deydi u.

Surat Ikromov AQShdan qaytgan qochqinlarning ayrimlari keyinchalik yana mamlakatdan chiqib ketgan deydi.

“O`zbekistonga qaytganlarning bir qismi keyinchalik Qozog’istonga va Qirg’izistonga chiqib ketgan. Bu ularga nisbatan taz’yiq ko`rsatilganidan darak beradi. Akrom Yo`ldoshevning ayoli bilan ham shunday bo`lishi mumkin. Balki televideniye orqali kechirim so`rashga majburlashlari mumkin,” - deydi Ikromov.

Keyingi paytda ish qidirib chetga chiqib ketishayotgan o`zbek ayollari ko`paymoqda.

Huquq himoyachisi Abdusalom Ergashev avvallari o`zbeklarning yurtni tashlab chiqib ketayotganini uchratish qiyin edi deydi.

“Nima qilamiz endi, boshga tushganini ko`z ko`rar ekan, ko`pchilik hozir nafaqat qatag`onlar, balki iqtisodiy qiyinchiliklar bois ham yurtdan ko`chib ketmoqda. Ularning ko`pchiligi ayollar, Rossiyaga, Qozog`istonga ketishayapti. Yaqinda Janubiy Koreyaga mardikorlikka ketayotganlar suhbatdan o`tdi, unda qatnashganlarning uchdan birini ayollar tashkil qiladi,” - deydi Abdusalom  Ergashev.   

Asosan, Rossiya va Qozog’istonga ketayotgan o`zbek ayollarini hayoti og’ir. Ayrimlari qullikka tutilayotgan bo`lsa, ayrimlari jinoyatga qo`l urushga majbur bo`lmoqda.  

Rossiya matbuoti avval o`z farzandini sotishga majbur bo`lgan o`zbek ayoli haqida yozgan bo`lsa, yaqinda o`z farzandini tilamchilik qilishga majburlagan o`zbekistonlik ayolning javobgarlikka tortilgani haqida ma`lumot tarqatdi.

Sharhlovchilar nazarida O`zbekistondagi ishsizlik, og’ir iqtisodiy sharoit o`zbek ayollarini tirikchilik yuritish uchun erkaklar bilan bir qatorda turishga, muhojirlikning og`ir sharoitlariga majbur etmoqda.

Views: 1118 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Май 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Login form
Search
Site friends

Statistics