Понедельник, 2024-04-29, 15.41
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Май » 12 » “Bahromov ishi”
“Bahromov ishi”
09.29
“Bahromov ishi”
05.05.2008 y.

 NewsUz. Samarqand viloyatining sobiq rahbari A'zamxon Bahromov qamoqqa olindi va tergov izolyatoriga keltirildi. Unga xizmat vazifasini suiiste'mol qilish, poraxo‘rlik, xalqaro terrorchilikni moliyalashtirishga aloqadorlik kabi jiddiy ayblov ilgari surilyapti. Jinoyat kodeksining bir qancha moddasi unga qarshi.

Bu haqda Uzmetronom internet sayti respublika bosh prokurturasidagi axborot manbasiga tayanib xabar beradi.
Avvalroq viloyat hokimi vazifasini bajargan A. Bahromovning lavozimidan ketishiga chechen biznesmeni sabab bo‘lgani, terrorchilikni moliyalashtirishga aloqador deb gumon qilingan shaxs Samarqandda qo‘lga olinib, keyinroq pora evaziga qochib ketgani xususida xabar bergandik. 

Uzmetronomning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston huquq idoralari tomonidan o‘sha gumondor - Temur ismli chechen ushlangan. Ayni paytda faqatgina gumondorning millati va ismi ma'lum deb aniqlik kiritadi manba.

Ushbu ish bo‘yicha Samarqanddagi bir qator biznes guruhlar, xususan, «Parvina» yopiq aktsiyadorlik jamiyati rahbarlari gumon ostiga olingan. Taxminlarga ko‘ra, bir qancha ishlab chiqarish korxonalari, sug‘urta kompaniyasi va bankdan tashkil topgan «Parvina» yirik moliya birlashmasini yo‘lga qo‘yish uchun Rossiya, Afg‘oniston, Pokistondagi qo‘poruvchilik harakatlarini moliyalashtirishga gumon qilinayotgan chechen ishbilarmoni mablag‘idan foydalanilgan. Ushbu ish bo‘yicha gumondor bo‘lgan «Parvina» rahbari Abdurashid Abdusalomov va boshqa amaldorlar qochuvda.

Xabarga ko‘ra, hozirda Samarqand ishiga aloqador bo‘lgan hibs va tekshiruvlar butun mamlakat miqyosida amalga oshirilyapti.

Views: 1149 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Май 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Login form
Search
Site friends

Statistics