Понедельник, 2024-04-29, 12.08
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Июнь » 11 » Odilov umrining yigirma to‘rt yilini qamoqda o‘tkazdi
Odilov umrining yigirma to‘rt yilini qamoqda o‘tkazdi
10.28
 Odilov umrining yigirma to‘rt yilini qamoqda o‘tkazdi.
NewsUz - O'zbekistondagi eng keksa siyosiy mahbus sanalgan Ahmadjon Odilov ozodlikka chiqarildi. Sakkiz yil davomida Moskvaning Butirka qamoqxonasida sudsiz o‘tirgan, keyinroq O'zbekistonda hibs qilingan A. Odilov sakson uch yillik umrining yigirma to‘rt yilini qamoqda o‘tkazdi.

Ahmadjon Odilov 1925 yilda, Namangan viloyati G'urumsaroy qishlog‘ida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 12 yoshidan kolxozda tabelchilikdan boshlagan. O'rta maktabni tugatgan, oliy ma'lumotga ega emas.

O'zbekiston kompartiyasi rahbari Sharof Rashidov bilan yaqin munosabatda bo‘lgan Odilov Namangan viloyatida yirik agrosanoat birlashmasiga rahbarlik qilgan. (majmua tarkibiga 40 ming odam, 14 sovxoz, 17 ta kichik korxona kirgan). SSSR davrida qator yuqori lavozimlarga saylangan, Sotsialistik mehnat qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1984 yilning 13 avgustida u va ukasi Mo‘minjon Odilov hibsga olingan. Odilovlar ishi bo‘yicha 1000 ga yaqin kishi - onasidan tashqari barcha tanishlari, yaqinlari qamalgan. U davlat mulkini talon-taroj qilish, mansabini suiiste'mol qilishda ayblangan. SSSR matbuotida u o‘rta asr mustabidi, odamxo‘r sifatida ta'riflangan. Biroq SSSR bosh prokuraturasi tomonidan unga qarshi qo‘yilgan ayblar sud jarayonida isbotlanmagan va ish bir necha marta qayta tergov yuborilgan. Shu tariqa 8 yil davomidagi Moskvadagi Butirka qamoqxonasida sudsiz o‘tirgan.

1991 yilning 15 noyabrida O'zbekiston prezidenti Islom Karimov SSSR Oliy sudiga A. Odilov xususida murojaat qilgan va u Toshkentga qaytarilgan. 1991 yilning 24 dekabrida tilxat bilan ozodlikka chiqarilgan. 1991 yilning dekabrida o‘tgan saylovda u Islom Karimovni qo‘llab-quvvatlagan.

1992 yili uning tarafdorlari yangi siyosiy partiya tuzishga harakat qilgan. 1993 yil iyun yilda Ahmadjon Odilovni qo‘qqisdan yana hibsga olingan. Qo‘qon shahar sudi tomonidan besh tonna mineral o‘g‘it o‘g‘irlashda ayblanib, to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Qamoqdaligida Odilov SSSR davridagi iqtisodiy jinoyatlari uchun o‘n yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

1996 yilda - qamoq muddati tugayotgan paytda uning buyumlari orasida narkotik moddalari "topilgan" va qamoq muddati cho‘zilgan. Shu tariqa 1997 yili, 2001 yili, 2004 yillarda Navoiy va Qashqadaryo viloyati hududidagi qamoqxonalarda unga berilgan muddatga turli sabablar bilan yana muddat
Views: 1955 | Added by: himoyachi | Rating: 5.0/1 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Июнь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Login form
Search
Site friends

Statistics