Понедельник, 2024-04-29, 15.55
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Июнь » 11 » Human Rights Watchning natijasiz urinishlari
Human Rights Watchning natijasiz urinishlari
10.47
Human Rights Watchning natijasiz urinishlari
26.05.2008 y.
NewsUz  -
Human Rights Watch O‘zbekistonda hali-beri o‘z faoliyatini boshlamaydi. Tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Igor Vorontsov bu haqda ma'lum qildi. Xalqaro tashkilot shu munosabat bilan Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlariga maxsus maktub ham yo‘lladi.

Ushbu maktubda tashkilot YeI rasmiylarini O‘zbekistonga nisbatan joriy etilgan va joriy yilning aprelida vaqtincha to‘xtatilgan sanktsiya masalasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

HRW vakilining ma'lum qilishicha, tashkilot adliya vazirligiga o‘z a'zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida so‘rab joriy yilning 9 fevralida murojaat qilgan. Qonun bo‘yicha bir oy muddat ichida rasmiy javob berilishi kerak bo‘lgani holda rad etish to‘g‘risidagi munosabat 8 may kuni bildirilgan. Human Rights Watch O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Andrea Berg mamlakatni 2007 yilning yozida tark etgan va uning o‘rniga Igor Vorontsov kelgandi. Biroq uning O‘zbekistonda rasman ish boshlash yo‘lidagi harakatlari besamar bo‘lib chiqmoqda.

HRWga ko‘ra, O‘zbekistonda tashkilot ishlashi mumkin, lekin buning uchun jahon hamjamiyatining bosimi kerak. Yevropa Ittifoqining sanktsiyalarni vaqtincha to‘xtatgani xalqaro inson huquqlari tashkiloti tomonidan ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi arizaning rad etilishi sababi sifatida keltiradi.

Views: 979 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Июнь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Login form
Search
Site friends

Statistics