Понедельник, 2024-04-29, 15.04
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Июнь » 11 » Mo’‘tabar Tojiboeva – erkinlikda
Mo’‘tabar Tojiboeva – erkinlikda
10.50
Mo’‘tabar Tojiboeva – erkinlikda
03.06.2008 y.

 NewsUz.Com. O'zbekistonlik taniqli inson huquqlari himoyachisi Mo‘‘tabar Tojiboeva 2 iyun kuni ozodlikka chiqarildi. Ma`lum bo`lishicha,  970 kun davomida ozodlikdan mahrum etish muassasasida saqlangan mahkuma ayol shu kuni soat 18 larda Marg‘ilondagi uyiga tez yordam mashinasida keltirilgan. 

"O'tyuraklar klubi" asoschisi bo‘lgan M. Tojiboeva 2005 yilning oktyabrida hibsga olingan va firibgarlik hamda yana bir qator moddalarda ayblanib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Sud jarayonida u qo‘yilgan ayblarni tan olmagan. U Andijon voqealari borasida rasmiy munosabatni tanqid qilgan mahalliy faollardan biri edi.

Tahlilchilar M. Tojiboeva ozod etilishi Amerika Davlat kotibi yordamchisi Richard Baucherning O'zbekistonga safari va mamlakat rahbarlari bilan uchrashuviga to‘g‘ri kelganiga e'tibor qaratganlar.

Bundan avvalroq huquq himoyachisi jasoratli faoliyati uchun Martin Ennals nomidagi xalqaro mukofot sohibi deb e'lon qilingandi.

M. Tojiboevaning nomzodi Nobel mukofotiga ham taqdim etilgan.

Views: 1062 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Июнь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Login form
Search
Site friends

Statistics