Понедельник, 2024-04-29, 10.50
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Июнь » 27 » Kecha rahbar, bugun javobgar...
Kecha rahbar, bugun javobgar...
01.57
Kecha rahbar, bugun javobgar...
25.06.2008 y.

NewsUz. O'zbekiston prezidenti davlat maslahatchisining sobiq o‘rinbosari To‘lqin Usmonov Toshkent viloyati jinoyat ishlari sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. E'tiborli jihati, ushbu amaldor yaqingacha ham aynan huquq-tartibot organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha faoliyat yuritgan...

Prezident devoni amaldori mamlakat Jinoyat kodeksining 205- (xizmat vazifasini suiiste'mol qilish), 210- (poraxo‘rlik) moddalari bilan ayblangan.

Avvalroq prezidentining davlat maslahatchisi Anvar Nabiev ishdan ketgani va unga qarshi jinoiy ish ochilgan xususida xabar bergandik. T. Usmonov ana shu amaldorga muovinlik qilgan.

Axborot manbalariga ko‘ra, A. Nabiev ayni paytda shartli jazoga hukm etilgan. Boshqa xabarlarda esa uning taqdiri va qaerda jon saqlayotgani noma'lum ekani aytilmoqda.

T. Usmonovning sudga tortilishi xususida xabar bergan aksariyat nashrlar ushbu ish yollanma bo‘lishi ehtimolini ham bildirganlar

Views: 1068 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Июнь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Login form
Search
Site friends

Statistics