Понедельник, 2024-04-29, 12.10
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Сентябрь » 10 » Birgina felyetonni deb jurnalist 5 yilgacha qamalishi mumkin
Birgina felyetonni deb jurnalist 5 yilgacha qamalishi mumkin
02.35
Birgina felyetonni deb jurnalist 5 yilgacha qamalishi mumkin
 Tojikistonda ayrim jurnalistlar siyosiy bosim kuchayganidan shikoyat qilmoqda. Mahalliy muxbirlarning aytishicha shu yilning o’zida Tojikistonning birgina So’g’d viloyatida o’zbek jurnalistlari ustidan uch marta jinoiy ish ochilgan.

“Tong” nomli mustaqil xususiy gazeta jamoasi ustidan qo’zg’atilib,  jarayon sudgacha bormagan edi. Birgina felyeton uchun, deydi jurnalistlar, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishingiz mumkin.

So’g’d viloyatining Xo’jand shahrida o’zbek jurnalisti Tursunali Aliyevga qarshi Tojikiston Jinoiy kodeksining 15-modda III-bandi (tuhmat qilganlik aybdi) ga muvofiq shu yilning 9 avgustida jinoiy ish ochilgan.  

Tergovni viloyat ishki ishlar boshqarmasi olib bormoqda. Jurnalist ustidan jinoiy ish qo’zg’atilishiga Tursunali Aliyevning mustaqil “Tong” gazetasida 2007 yil 12 sentyabrida “Hayfi rais ket…” nomida chop etilgan felyetoni sabab bo’lgan. 

Bu felyeton tufayli prokuratura oldin ham tekshirish olib borgan ammo jinoyat alomatlari yo’qligi sabab ish to’xtatilgan. 

“Ijtimoy hayotda tengsizlik, haqsizliklar yuzaga kelgan. Xalqning dod-faryodi meni shu felyetonni yoshishga majbur qildi. Nohiya raisi va birinchi o’rinbosari xohishiga binoan, nohiya prokuraturasi tergov ishi boshlagandi. Qattiq harakat qildilar. Lekin jinoyat bo’lganini tasdiqlay olmasdan ishni to’xtatishga majbur bo’ldi,” - deydi jurnalist Tursunali Aliyev. 

So'g'd viloyati, Jabbor Rasulov nohiyasi raisi birinchi o’rinbosari Nurillo Rahmatov o’z qarorini izohlar ekan, jurnalistlarni hurmat qilishini ta’kidlaydi.  

“Man jurnalistlarni juda hurmat qilaman. Lekin jurnalist nomini olib tuhmat, g’iybatni gazetaga olib chiqish jurnalist odobiga to’g’ri kelmaydi. Matbuotda tuhmat qilishsa, qonun oldida javob berishi kerak. Tuhmat bo’lsa, har bir inson o’zini himoya qilishi kerak. Aslida tuhmat qilgan odamlar qonun oldida javobini bersin. Men shuning tarafdoriman,” - deydi N. Rahmatov.  

Tursunali Aliyev o’ziga nisbatan qilinayotgan harakatlarni asossiz va g’ayriqonuniy hamda fitna deb hisoblaydi. 

“Hatto ko’chalardan ayrim odamlarni ushlab, Aliyevga qarshi namoyish tayyorlashmoqda. "Senam qatnashasanmi?" deb to'xtatishayapti odamlarni. Bu odamlarning bazilari menga kelib xabar berishdi. Bittasi hatto menga yozma bayonot ham berib ketdi. Fitna… hamma tomonlama harakat qildilar. Leki men o’sha kunlari bu tuhmatlar yuzasidan xat bersam bu xatni nom-nishonsiz yo’q qilib yubordi,” - deydi Tursunali Aliyev.  

Jarayonni kuzatib borayotgan mustaqil o’zbek jurnalisti O’tkir Umrzoqov bu kabi holatlarni hokimiyatning adolatparvar jurnalistlarga qarshi harakati deb biladi. Tojikiston demokratik partiyasi faoli Iqlima Mirzoyeva respublikada jurnalistlar ta’qibini yoqlamaydi, matbuotda tortishuvlar qilmasdan xalq farovonligi uchun intilish zarur deydi u.  

“Matbuotda bitta narsa chiqsa, shunga yopishib olmasdan, fisqu fasod o’rniga xalq farovonligini o’ylashsin. Lekin Markaziy Osiyo respublikalariga nisbatan bizlarda muxolif partiyalar bor, kamgina bo’lsa ham demokratiya. Muxolifat bo’lmagan joyda demokratiya bo’lmaydi,”- deydi I. Mirzoyeva.  

Tursunali Aliyev o’ziga qarshi ochilgan jinoiy ish bilan mavjud tuzum haqparvar jurnalistlarni sindira olmasligiga ishonadi.  

“Bir-ikki eski aqidada bo’lganlar haqiqiy jurnalistlarni qayg’uga solish bilan maqsadga erisholmaydi. Men ishonamanki, bizning ortimizdan yorqin, to’g’ri fikrli shogirdlarimiz yetishib chiqmoqda, ular baribir ishimizni davom ettiradi,” - deydi javobgarlikka tortilyotgan o’zbek jurnalisti.  

Аliyevga qo’yilgan ayblovga ko’ra, jurnalist 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Views: 1005 | Added by: himoyachi | Rating: 1.0/1 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Сентябрь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Login form
Search
Site friends

Statistics