Суббота, 2024-05-04, 23.35
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Сентябрь » 27 » AQSh: O'zbekistonda diniy ahvol yaxshilanmagan
AQSh: O'zbekistonda diniy ahvol yaxshilanmagan
20.17
AQSh: O'zbekistonda diniy ahvol yaxshilanmagan

AQSh Davlat departamentiga ko'ra, sakkiz mamlakatda diniy erkinlik hamon qattiq bosim ostida - Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Sudan va O'zbekiston.

AQSh Davlat departamenti nazarida Shimoliy Koreya, Eritreya hamda Eron diniy erkinlikni bo’g’ayotgan davlatlardir. Bu ro’yxatdan Birma, O’zbekiston, Saudiya Arabistoni, Xitoy va Sudan ham o’rin olgan. AQSh Davlat departamenti yillik hisobotlarini, Kongress qarori bilan, 1998 yildan beri nashr qilib keladi. Bu yili 198 mamlakatdagi diniy ahvol yoritilgan. Vietnam, Turkmaniston, Iroq va Iordaniyada ahvol biroz yaxshilangani qayd etilgan. Bu mamlakatlar hukumatlari fuqarolarning erkin e’tiqod qilishi uchun ayrim cheklovlarni bekor qilgani, bag’rikenglikni targ’ib qilayotgani aytiladi. AQSh Davlat departamentiga ko’ra, sakkiz mamlakatda diniy erkinlik hamon qattiq bosim ostida. Bular – Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Sudan va O’zbekiston. O’tgan yili ham xuddi shu davlatlar qora ro’yxatdan o’rin olgan edi. Davlat departamentining diniy erkinlikni kuzatuvchi vakili Jon Xenford Eronda shia bo’lmagan diniy oqimlar, jumladan baxay, so’fiy va nasroniylar kuchli nazorat ostida deydi. Mamlakatda boshqa dinga o’tish jinoyat hisoblanadi. “Eng yopiq jamiyatlardan biri, Shimoliy Koreyada e’tiqod erkinligi bilan bog’liq vaziyat nihoyat og’ir ahvolda”, - deydi Xenford. Diniy ayblovlar bilan qamalganlar soni taxminan 200 ming kishini tashkil qiladi. Saudiya Arabistonida diniy erkinlik bobida oz bo’lsa-da ijobiy siljishlar kuzatilgan, biroq “alohida tashvishga molik davlatlar” ro’yxatidan chiqarish uchun yetarli asos yo’q. 
Views: 1032 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Сентябрь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Login form
Search
Site friends

Statistics