Воскресенье, 2024-05-05, 03.26
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Октябрь » 2 » BMT O'zbekistondagi huquqiy ahvolni tahlil qilmoqda
BMT O'zbekistondagi huquqiy ahvolni tahlil qilmoqda
01.14
BMT O'zbekistondagi huquqiy ahvolni tahlil qilmoqda

Tashkilotning Jenevadagi rasmiylari shu kunlarda O'zbekistonni diqqat bilan o'rganmoqda. BMTning Inson huquqlari kengashida hukumat vakillaridan tashqari nodavlat tashkilotlar ham ma'ruza qilyapti.

BMTning Jenevadagi rasmiylari shu kunlarda O`zbekistonda inson huquqlari bilan bog`liq vaziyatni muhokama qilmoqda.Tashkilotning Inson Huquqlari Kengashida rasmiylardan tashqari nodavlat tashkilotlar ham ma’ruza qilyapti. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari va mahalliy huquq himoyachilari ham mamlakatdagi vaziyat bo`yicha o’z qarashlarini bildiradi.BMT doirasida O`zbekistondagi inson huquqlariga doir vaziyat birinchi bor muhokamaga qo’yilayotgani yo`q. Tadbirda xalqaro tashkilotlarning O`zbekistonga oid hisobotlari tinglanadi. Unda respublika rasmiylaridan tashqari inson huquqlari bo'yicha nodavlat tashkilotlar ham qatnashishi mumkin. Huquq himoyachilarining aytishicha, O`zbekistonda inson huquqlari borasidagi asosiy muammo shundaki, mamlakatda qiynoqlar hamon qo`llanmoqda. “Qiynoqlar masalasi ko`rilishi turgan gap. O`zbekistonda inson huquqlari masalasida tubdan yoki qisman o`zgarish bor deb bo`lmaydi”, - deydi O`zbekiston inson huquqlari bo`yicha tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov. So'nggi paytda O`zbekiston hukumati inson huquqlari masalasida qator islohotlarni amalga oshirgani ta`kidlab kelinadi. BMT sessiyasida ham O`zbekistonda o`lim jazosi bekor qilingani, qamoqqa olish sanksiyasi sudlar vakolatiga berilgani, shuningdek, bir nechta xalqaro konvensiyalar ratifikatsiya qilingani tilga olinishi kutilmoqda. Qiynoqlarga qarshi tezkor guruh vakili Suhrob Ismoilov so’zlariga ko`ra, o`tkazilgan islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshmoqda deb bo`lmaydi. “Avval prokurorlar qamoqqa olingan odamning huquqlarini buzib, qanday sanksiya berishgan bo`lsa, hozir sudlar bu vazifani bajarishayapti, xolos. Buning uhun alohida sudyalar yaratilishi kerak edi. Ular boshqa ish bilan shug`ullanmasin. Shundagina bu islohot mustaqil tarzda ishlay olishi mumkin edi”, - deydi Ismoilov. BMT va O`zbekiston o`rtasida inson huquqlariga oid vaziyat muhokamasi 2003 yilda BMT Qiynoqlarga qarshi qo`mitasi sobiq elchisi Teo Van Bovenning O`zbekistonga tashrifidan so`ng faollashgan edi. BMT vakili O`zbekistonda qiynoqlar muntazam ravishda qo’llanilishi haqida xulosa bergach, hukumat qiynoqlarga qarshi kurash uchun milliy loyiha qabul qildi. “Bu loyiha oxirigacha ijro qilinmadi, bu yerda bir nechta sabablar bo`lishi mumkin, Andijon voqelari, boshqalar. Van Bovenning qiynoqlarni to’xtatishga qaratilgan 22  tavsiyasidan 7-8 tasini hukumat bajargan. Biroq qanday bajarilgani noma`lum. Hozir BMTning Qiynoqlarga qarshi qo`mitasi yangi ma`ruzachisi O`zbekistonga kelaman deyapti, lekin hukumat unga viza bermayapti”, - deydi Surat Ikromov. Suhrob Ismoilovning aytishicha, BMT doirasidagi muhokamalar vaziyat xalqaro jamoatchilik e`tiborida bo`lsagina natija berishi mumkin. Mahalliy faollar nazarida inson huquqlari bilan bog`liq vaziyat og’ir ekanini shundan bilish mumkinki, O’zbekistonda qiynoqlar muntazam qo`llanadi; huquq himoyachilariga nisbatan bosimlar kuchaygan; ularni qamoqqa olish hollari davom etmoqda va dindorlar taz’yiq ostida.
Views: 1312 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Октябрь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Login form
Search
Site friends

Statistics