Суббота, 2024-05-04, 21.35
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Октябрь » 17 » Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
22.41
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi

 Saudiya Arabistonining Jidda shahrida asoslangan Islomiy Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga moliya ajratib keladi. 

Shariaga muvofiq ish yurituvchi, ya'ni hech qanday foizsiz qarz beruvchi ushbu bank rahbari Ahmad Muhammad Ali al-Madaniyning aytishicha xalqaro maydondagi bugungi iqtisodiy inqiroz tashkilotga zarar yetkazmagan. 

Ammo, deydi u, jamg'arma unga a'zo davlatlardagi ahvoldan tashvishda.

Bugungi dunyoda foizsiz bank yuritish mumkinmi?  

Al-Madaniy "bankimiz tuzilibdiki, shu tarzda ishlab kelmoqda, demak, bu mumkin", - deydi.

"Bankimiz 1973 yilda tashkil topganidan beri bugunga qadar 50 milliard dollar jamg'ardi. Mablag' 56 a'zo davlatdan keladi, ularning qurbiga qarab. Moliya so'ragan tomonning maqsadini izchil ko'rib chiqib, unga hamkor bo'lishni taklif qilamiz. Ya'ni bir sarmoya kiritamiz va shu tariqa bu biznes egalaridan biriga aylanamiz yoki loyihani quvvatlab, u keltirgan daromadga sherik bo'lamiz".

Al-Madaniyning tushuntirishicha islomiy banklar uchun "sukuk", ya'ni "zayom" - qarz hujjati eng muhim narsa. U asl mulkka tayangan holda beriladi, ya'ni uzoq yoki qisqa muddat uchun molingizni garovga qo'yib, bu bankdan sarmoya olasiz. 

"Biz quruq bashoratga berilmaymiz. Chayqovchilik qilmaymiz. Taxminlarga ishonib, pul tikmaymiz", - deydi Islomiy Taraqqiyot Banki prezidenti.

Bugungi xalqaro moliya tizimidagi muammo, uni tanazzulga yetaklagan sabab bu tavakkal qilish. Islomiy moliyada esa tavakkal bu xavf. Pul tikish va qimor harom".

Osiyo va Afrikadagi a'zolar yordamga muhtoj, deydi al-Madaniy.

"Shu oy oxirida Jiddada to'planib, masalaga birgalikda yechimlar topish umididamiz. Vaziyatni o'nglash uchun yangi moliyaviy vositalar kerak. Barcha resurslarni ishga solmoqchimiz. A'zolarimiz asosan rivojlanayotgan mamlakatlar. Ularning bank tizimini mustahkamlab, xalq ishonchini oshirish oshirish kerak. Demak tizimlarni qayta ko'rib chiqmasak bo'lmaydi. Islomiy Taraqqiyot Banki texnik yordam va maslahat berishga tayyor".

Al-Saud qirolligi taklifi bilan yaratilgan bank o'zini musulmon dunyosida qashshoqlikka qarshi kurashuvchi muassasa deb biladi. Ta'lim va tibbiyot sohalari rivoji uchun grantlar ajratib keladi.

Tashkilot hukumatlar bilan yaqindan ishlaydi, jumladan Markaziy Osiyoda va xususan O'zbekistonda. Tashkilot, deydi tanqidchilar, Jahon Banki va Xalqaro Moliya Jamg'armasi singari hukumatlar bilan til biriktirib, mustaqil muassasalarga kam e'tibor qaratadi. 

Al-Madaniy bunga javoban "biz hukumatlar qo'lida chek tutqazayotganimiz yo'q",- deydi.

"Markaziy Osiyo bankimiz uchun muhim va sarmoyaga muhtoj mintaqa. Hukumatlar bilan, xususan O'zbekiston bilan yaxshi munosabatdamiz. Mamlakat tadbirkorlarini arab va boshqa davlatlardagi biznesmen va sarmoyachilar tanishtirib kelamiz. Lekin mablag' ajratishdan oldin maxsus kengashimiz da'vogar maqsadini obdon o'rganib chiqadi. Biz loyihani amalga oshirayotgan tomon bilan ishlaymiz. Masalan, biror inshoot qurilayotgan bo'lsa, quruvchi va material ta'minlovchi haq to'lanadi. Hech bir hukumatning cho'ntagiga pul solayotganimiz yo'q. Har bir dollarimiz xalq manfaati uchun xizmat qilayotganini kafolatlaymiz. Qirg'izistonda biz asos solgan islomiy bank keng qanot yozmoqda. Qo'shni davlatlar ham bu turdagi banklarga qiziqib qolgan. Gap ishonchda",- deydi al-Madaniy.

[insert caption here]
Almatida mintaqaviy idoraga ega bank hech bir davlatlarning siyosiy ta'siri ostida emasligini, diniy-mafkuraviy tashviqotdan yiroq ekanini qayd etadi. 

Lekin Saudiya Arabistonini vahobiylikda, aqidapast siyosatda ayblovchi tomonlar bunga ishonmaydi. Bank vahobiylardan tushgan pulni G'arbda, xususan AQShda masjidlar qurish uchun taqdim etgan deya tergov ishlari ochilgan. 

Islomiy Taraqqiyot Bankiga eng ko'p hissa qo'shadigan davlatlar - Saudiya Arabistoni, Sudan, Quvayt, Liviya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr, Indoneziya va Pokistondir.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu bank Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini texnik uskunalar bilan ta'minlash uchun 1998 yilda 293 ming dollar, 2000 yilda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy maqbarasi qoshida Dorul-Hadis madrasasi (Hadis ilmi markazi) qurish uchun 255 ming dollar bergan. A'zolikka esa O'zbekiston 2003 yilda qabul qilingan. 2006 yilgacha respublikaga jami 453 ming dollar berilgan va o'sha yili O'zbekistonning bankdagi hissasi 0,03 ni tashkil etgan.

Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda shu kungacha Islomiy Taraqqiyot Banki qariyb 800 million dollar ajratgan. Mablag' asosan transport va texnologiya sohasi, tibbiyot va ta'lim jabhalariga sarflangani e'tirof etiladi.  

Views: 1112 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Октябрь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Login form
Search
Site friends

Statistics