Barak
Obama prezidentlik lavozimiga kirishga taraddud ko'rar ekan, jahon
davlatlari AQShning ularga nisbatan siyosati Obama rahbarligida qanday
bo'lishi haqida o'ylanmoqda. Yangi ma'muriyat O'zbekiston bilan qanday
aloqada bo'ladi? Bush siyosatidan farq qiladimi?
Alisher Hamidov
AQShning
yangi prezidenti Barak Obama tashqi siyosatida demokratiya
qadriyatlarini jahon bo'ylab yoyishda faol harakat qilishi haqida ko'p
marta gapirgan, ammo Bush ma'muriyatidan farqli o'laroq Obama bu ishni
ko'p qirrali siyosat orqali, diplomatiyani ishga solgan holda, muzokara
va hamkorlik yo'li bilan amalga oshirishini ta'kidlagan.
Vashingtondagi
Jons Xopkins universiteti doktoranti, o'shlik Alisher Hamidov
ta'biricha, AQShning mintaqaga nisbatan yangi siyosati bo'yicha
hamfikrlik yo'q.
Ro'zi Nazar
Ba'zilar
Obama eski siyosatni davom ettiradi desa, boshqalar fikricha, Obama
Demokratik partiya vakili bo'lgani bois, inson huquqlari bobida
qattiroq siyosat yuritadi va yana ba'zi kuzatuvchilarga ko'ra Obama
ma'muriyati AQSh oldidagi turgan qator dolzarb muammolar bilan ovora
bo'lib, O'zbekiston bilan hali-beri aloqada bo'lmaydi.
AQShga
1950 yillarda kelgan, ko'p yillar davomida AQSh hukumati idoralarida
Markaziy Osiyo bo'yicha tahlilchi bo'lgan, Amerikadagi o'zbeklar
jamoasi oqsoqoli, 92 yoshli Ro'zi Nazardek mutaxassis ham
AQSh-O'zbekiston aloqalari qanday bo'lishini bashorat qilishga
qiynalib, munosabatlar yaxshilanishiga umid bildirdi xolos.
Burxon O'qiyon
Jamoaning
faol a'zolaridan biri Burxon O'qiyon fikricha Obamaning prezident etib
saylanishi tashqi siyosatda so'zsiz ijobiy o'zgarishlarga olib keladi.
1990
yillar oxirida ijobiy darajaga chiqqan, 2001 yil 11 sentyabr AQShdagi
terror xurujlaridan so'ng keskin yaxshilangan Amerika-O'zbekiston
aloqalari 2005 yil 13 mayida Andijonda sodir bo'lgan qonli voqealardan
so'ng eng past nuqtaga tushdi. So'nggi uch yildan oshiq vaqt ichida
Toshkentga AQShning yuqori lavozimli rasmiylaridan deyarli hech kim
tashrif buyurmadi.
Bobur Malikov
1993
yil noyabrida AQShdan siyosiy boshpana olgan O'zbekistonning bu
mamlakatdagi ilk elchisi Muhammadbobur Malikov nazarida agar
Afg'onistonda vaziyat yomonlashib, Tolibon hokimiyatga qayta kelmasa,
O'zbekiston AQShga yaqin kelajakda kerak bo'lmaydi.
Sobiq
elchiga ko'ra ayni damda G'arb O'zbekiston bilan emas, balki
O'zbekiston G'arb bilan yaqinlashishga harakat qilib, so'nggi paytda
Rossiya boshchiligidagi bir necha tuzilmalardan chiqqan yoki ulardagi
faoliyatini susaytirgan.
Abdulla Xo'ja
Turkiston-Amerika
Uyushmasining raisi, so'nggi prezident saylovlarida O'zbekistonga
kuzatuvchi bo'lib borgan Abdulla Xo'janing aytishicha, jamiyat Obama
ma'muriyatini O'zbekiston bilan aloqalarni yaxshilashga da'vat etmoqda.
Amerikalik o'zbeklarning aksariyati saylovlarda Obamaga ovoz bergan.
O'zbekiston bilan tanish Xillari Klintonning davlat kotibi bo'lish
ehtimoli ham ikki tomonlama aloqalarning yaxshilanishiga olib keladi,
deydi Abdulla Xo'ja.
Aksariyat mutaxassislar fikricha Oq
uydagi yangi ma'muriyat kelasi bir necha oy va hattoki dastlabki ikki
yil ichida moliyaviy inqiroz, Afg'oniston va Iroqdagi urushlar kabi
dolzarb muammolarni hal qilish bilan band bo'lar ekan, O'zbekiston
hamkorlik uchun navbatda turishiga to'g'ri keladi.
Views: 958 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |