Main » 2008 » Декабрь » 30 » Xalqaro hamjamiyat Isroil va Xamasni sulh tuzishga undamoqda
Xalqaro hamjamiyat Isroil va Xamasni sulh tuzishga undamoqda
18.30
Xalqaro hamjamiyat Isroil va Xamasni sulh tuzishga undamoqda
Amerika Ovozi 29/12/2008
Isroil
G’azo sektorini bombardimon qilishda davom etar ekan, o’lganlar soni
315 kishiga yetgan. Ko’pi sektorda hukmron Xamas jangari guruhi
a’zolari, 57 nafari oddiy fuqarolar.
Guvohlarning aytishicha
bugungi hujumlarda Xamasning G’azodagi Ichki ishlar vazirligi binosi
hamda Islom Universiteti vayron bo’lgan. “Shanba kuni boshlangan
operatsiya uzoq davom etadi. Maqsad Isroilga to’xtovsiz hujumlar
uyushtirayotgan Xamasni yanchib tashlash”, - deydi Isroil Tashqi ishlar
vazirasi Tsipi Livni.
BMT Xavfsizlik Kengashi, Arab Ligasi,
Rossiya va qator boshqa davlatlar chaqiriqlariga qaramasdan, Isroilning
G’azoga hujumi kengayayotgan ko’rinadi. Hukumat zaxiradagi harbiylarni
ham xizmatga chaqirgan.
“G’azoni qayta bosib olmoqchi
emasmiz”, - deydi vazira Tsipi Livni. “Hududni Isroilni nishonga
olayotgan ekstremistlar, Xamas boshqarmoqda, biz ularga javob
qaytarishga majburmiz. Xamas bilsinki, Isroil o’z fuqarolarini himoya
qila oladi. Ularning tavjovuziga ortiq chidab o’tirmaymiz”.
Isroil
bugun G’azo sektori atrofidagi hududlarni yopiq harbiy zona deb e’lon
qilgach, yerdan hujumga o’tayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Havo
kuchlari esa asosan Xamasga Misrdan qurol-aslaha va anjomlar
yetkazuvchi 40 dan ortiq tunellar hamda tashkilot idoralari nishonga
olinmoqda.
Qator arab mamlakatlarida Isroil hujumini qoralab,
katta namoyishlar o’tyapti. Namoyishchilar arab hukumatlaridan
birlashib, Isroilni jazolashga chaqirgan. Norozilik aksiyalari London,
Parij va Madridda ham kuzatilgan. Bir necha kishi hibsga olingan.
Rossiya
Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Isroildan hujumni darhol to’xtatib,
hududga gumanitar yordam kiritishni so’ramoqda. Fransiya rahbari
Nikolya Sarkozi Xamasni provokatsiyada, Isroilni esa haddan ziyod kuch
ishlatganlikda ayblagan.
Qo’shma
Shtatlar nazarida zo’ravonlik boshlanganida Xamas aybdor. Guruh Isroil
bilan o’tgan hafta yakuniga yetgan sulh bitimini uzaytirishgan bosh
tortgan.
Arab davlatlari orasida Isroil bilan tinchlik
shartnomasi imzolagan kam sonli davlatlardan biri – Iordaniyada
qonunchilar Isroil elchisini mamlakatdan chiqarib yuborishni talab
qilyapti.
Germaniya Yaqin Sharqda vaziyatning yana izdan
chiqishida Xamas jangari guruhini ayblamoqda. Kansler Angela Merkel
Isroilni tinch aholi yashaydigan hududlarga hujum qilmaslikka
chaqirgan.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun esa xurujlar darhol
to’xtatilib, muzokara boshlansin, tinchlik o’rnatilsin deya undamoqda.
“Isroil G’azo sektoriga kirish yo’llarini ochsin, toki aholiga
insonparvarlik yordami yetkazilsin”, - deya talab qilmoqda Pan Gi Mun.
“Xalqaro hamjamiyat har qanday xunrezlikni qoralaydi va tomonlarni
vijdonan ish tutishga chorlaydi”.
Rim papasi Benedikt XVI hech
bir nizoni qon bilan yechib bo’lmaydi; aholi hayotini qadrlamaslik
yanada fojiali oqibatlarga olib boradi deb ogohlantirmoqda.
Livanda
Hizbulloh yetakchilari harakat Isroilga qarshi hujumlarga shay
turganini aytmoqda. “Isroil bizga ham hujum qilishi mumkin. Ogoh bo’lib
turishimiz kerak”,- deydi jangari guruh rahbari Hasan Nasrulla.
Falastinliklarga
qarshi vaxshiy jinoyatlar sodir etilar ekan, Misr G’azo bilan chegarani
ochib, aholiga ko’maklashishi lozim, deydi Nasrulla. Aks holda, deydi
u, Misr hukumati ham bu jinoyatlar uchun javobgar tutiladi.
Harbiy operatsiya boshlanganidan beri Xamas Isroil janubiga raketa hujumlarini kuchaytirib, 2 kishini o’ldirgani ma’lum.
Views: 948 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |