Среда, 2024-12-04, 19.57
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2009 » Январь » 9 » Islom Karimov diktaturasi O'zbekistonni musulmon davlatidan islom davlatiga olib bormoqda
Islom Karimov diktaturasi O'zbekistonni musulmon davlatidan islom davlatiga olib bormoqda
00.38
  Islom Karimov diktaturasi O'zbekistonni musulmon davlatidan islom davlatiga olib bormoqda.

Sovet Ittifoqi qulagandan so'ng mustaqil O'zbekistonning birinchi prezidenti,sobiq O'zbekiston kommunistik partiyasining birinchi sekretari Islom Karimov O'zbekiston kelajakda erkin va demokratik jamiyat qurish yo'lidan borishiga va'dalar berdi.Agar sobiq Sovet davrida O'zbekistonda loyiq(sekular) jamiyat qurilgani,qarayib 100 foiz savodhonlikka erishilganligini, respublikada Sovet Ittifoqining Rossiya,Ukraina, Belorussiya kabi davlatlardan ancha kamroq darajada rivojlangan bo'lsada nisbatan kuchli fan,sanoatga, indusriallashgan qishloq ho'jaligiga egaligini hisobga olsak bu maqsadga erishish unchalik qiyin emasdik edi.
Mana O'zbekiston mustaqil bo'lganiga 17 yildan oshdi.Natija: O'zbekiston prezidenti Islom Karimov konstitutsiya bo'yicha 2000 yilda vakolati tugagan bo'lsada konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritib,konstitutsi yani oyoq osti qilib qarayb 20 yildan beri hokimiyat tepasida. O'zbekiston dunyodagi 10 ta eng repressiv davlatlar orasida,aholi jon boshiga daromad(income) 610 dollar.Sovet Ittifoqi parchalanmasdan oldin daromad O'zbekistonda  950 dollar,Qozog' istonda 700 dollar,hozirgi kunda Qozog'istonda daromad 5000 dollardan yuqoriligini ,dunyo bo'yicha(world) 2006 yilda 7439 dollar bo'lganini hisobga olsak,O'zbekistonni ng siyosiy va iqtisodiy jihatdan nihoyatda ayanchli ahvolga tushib qolganligini ko'ramiz.
Bu davr mobaynida dunyodagi sobiq 30 tacha kommunistik mamlakatlardan 20 tadan ko'pchiligi allaqachon erkin,demokratik, daromadi burungiga nisbatan ancha yuqori jamiyat qurishga erishdi.Lekin O'zbekiston bu darajaga erisha olmadi.Hattoki O'zbekistonga yaqin qo'shni sobiq kommunistik davlatlar Mongoliya,Qirg' iziston erkin,demokratik jamiyat qurishda bizdan ancha ilgarilab ketdi Ayniqsa ba'zi avtoritar musulmon davlatlari Indoneziya,Malayziy a  demokratik davlatlarga, Albaniya, Bangladesh, Iroq,Livan, Mali,Pokiston, Palestin, Senegal,Turkiya gibrid, demokratiya darajasi juda past bo'lgan arab davlatlaridan Iordaniya,Bahreyen, Birlashgan Arab Amirliklari, Marokko,Misr, Qatar,Quvayetda ham erkinlik va demokratiya darajasi ancha olg'a siljidi..
O'zbekistonning nochor ahvolga tushib qolganligining sababi hozir hammaga ayon:O'zbekiston prezidenti Islom Karimov konstitutsiyaning: "1-modda.O'zbekiston- suveren demokratik respublika. Davlatning "O'zbekiston Respublikasi" va "O'zbekiston" degan nomlari bir ma'noni anglatadi.93-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: 1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;"deyilgan iga qaramasdan bir necha marta O'zbekistonda demokratik islohotlarni yanada "kuchaytirish" ," chuqurlashtirish" niqobida ostida konstitutsiyani qo'pol ravishda buzib O'zbekistonda o'zining diktaturasini o'rnatdi.
Albatta Islom Karimov o'z diktaturasini  o'rnatishga "osonlikcha" erishgani yo'q,Buning uchun
O'zbekiston muholifatiga konstitutsiyaga binoan legal faoliyat yuritish uchun sharoit yaratish o'rniga muholifat a'zolari o'ldirildi,qamoqqa tashlandi,,qamoqlar da dahshatli,noinsoniy qiynoqlarga duchor qilindi,quvg' in qilindi..Muholifat liderlari hukumatning ko'p repressiyalaridan so'ng  O'zbekistonni tark etishdi,mamlakat ichida qolgan liderlar va a'zolar ham hukumatning qattiq tayziqi va doimiy nazorati ostida.
Mamlakatda siyosiy va iqtisodiy islohotlar o'tkazilmadi. Sovet Ittifoqi davridagi ilmiy,tehnikaviy potentsiyal rivovlantirish o'rniga,aksincha keskin kamaytirildi.

2003 yilda Gruziya,2004 Ukrainada,2005 yilning martida Qirg'izistinda muvaffaqiyatli oshirilgan rangli revolyutsiyalar shu yilning 13-14 may kunlari Andijon shahrida O'zbekiston hukumati tomonidan qonli ravishda to'htatildi.
Ayniqsa  Islom Karimov rejimining tinch namoyishchilarni dahshatli o'qqa tutganligi va kamida 750 namoyish qatnashchilarining qurbon bo'lganligi  uning basharasini dunyoga oshkor qildi. Rejimning qonli jinoyati AQSH , Yevropa Ittifoqi  va boshqa demokratik davlatlar  tomonidan keskin qoralandi.Lekin Rossiya,Hitoy davlat rahbarlari qoralash o'rniga aksincha O'zbekiston hukumatiga siyosiy ,harbiy,iqtisodiy va ma'naviy yordam berishdi.Shunisi juda achinarliki musulmon davlatlari (albatta Turkiya bundan mustasno) va islom tashkilotlari bu hunrezlikni qoralamadi.

Islom Karimov rejimining taqdiri quyidagi salbiy yoki ijobiy ta'sir qiluvchi omillarga bog'liq:
O'zbekistonning erkin,demokratik jamiyatga aylanishiga bir necha omillar to'sqinlik qiladi.
1)O'zbekiston halqining uzoq yillar davomida erkinlik keskin chegaranlangan islom davlatlari Buhoro,Qo'qon, Hiva honliklari,Chor Rossiyasi va 70 yildan ko'proq kommunistik tuzumga yashaganligi tufayli demokratik an'analarning sust rivojlanganligi,
2)O'zbekiston hokimiyat tepasida sobiq kommunistlarning hamon ko'pchiligi.
3)Ikki buyuk davlatlar Rossiya va Hitoyning repressiv O'zbekiston hukumatiga siyosiy,harbiy, iqtisodiy yordam berishi,


O'zbekistonning erkin,demokratik jamiyatga aylanishiga bir necha omillar yordam beradi:
1)O'zbekiston halqining zulmsiz,erkin, farovon yashashga intilishi,
2)Qo'shni Qozoqiston,Qirg' iziston va iqtisodi O'zbekistonga nisbatan ancha rivojlangan, erkinlik va demokratiya bo'yicha boshqa musulmon davlatlariga o'rnak bo'la oladigan Turkiyaning ijobiy ta'siri,
3)AQSH,Evropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan demokratik davlatlarning ta'siri.

Hozirgi davrda ham O'zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi musulmon davlatlari Ozarboyjon,Qirg' iziston,Qozoqist on,Tojikiston, Turkmaniston vaTurkiya kabi loyiq(sekular) jamiyat sifatida qolmoqda.Lekin ko'p ilmiy tehnikaviy salohiyat yo'qotilgani, iqtisodiy siyosiy ahvol og'irlashgani uchun,o'zbekiston erkin va demokratik jamiyatga aylanmasdan Islom Karimov dikraturasiga aylangani oqibatida O'zbekistonning islomiy davlatga aylanish ehtimoli kuchaymoqda.

Abdujalil Boymatov,O'zbekisto n Inson Huquqlari Jamiyati sekretariatining  a'zosi.

8- yanvar,2009 yil.
Views: 1534 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Январь 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Login form
Search
Site friends

Statistics