O'zbekiston
hukumati G’azo sektoridagi ahvol bo’yicha jamoatchilik nomidan bayonot
berar ekan, tomonlarni kuch ishlatmaslikka, muzokaraga chaqirgan.
Tan olinmagan muxolifat XAMAS hujumlarini rad etmasa-da, bu Isroil harbiy amaliyoti uchun asos bo’la olmaydi, demoqda.
“Hozirgacha
560 kishi qurbon bo`lgan, ko’pi ayollar, bolalar. Biroq agressiyani
to`xtatish haqidagi chaqiriqlarga qaramasdan Isroil hech kimni pisand
qilmayapti. Unga nisbatan rivojlangan davlatlar sanksiya qo`llashi
kerak”, - deydi “Birlik” partiyasi faoli Hamdam Sulaymon.
“Isroil
zulm o`tkazayapti. Isroilda ham, Falastinda ham ichki ziddiyat bor”, -
deydi “Erk” partiyasi Bosh kotibi Otanazar Oripov. G’azoda hukmron
Xamas nafaqat Isroil, balki Fath bilan ham til topisha olmay keladi.
Faollar
nazarida boshqa olovli nuqtalarda zudlik bilan chora ko’rayotgan
xalqaro tashkilotlar G’azo sektoriga kelganda ojizlik qilmoqda. “BMT
zudlik bilan chora ko`rishi kerak, Isroilga ultimatum qo`yish kerak”, -
deydi ular.
Yaqin
Sharq G’arb va Sharq ixtilofini kuchaytiruvchi nuqtalardan biri.
Hozircha bu muammoni hal etish yo’lidagi urinishlar samara bermayapti.
Faollar ta’biricha, ziddiyat ildizini Isroil davlatini tashkil etish
qarorida, tarixiy voqealarda izlash kerak.“Isroil bilan birga Falastin davlati ham barpo etilishi kerak edi”, - deydi Otanazar Oripov.
Hamdam
Sulaymonning aytishicha, Isroil davlati tashkil topishida muhim rol
o’ynagan AQSh, Angilya va sobiq Sovet ittifoqining hozirgi vorisi
muammo ustida bosh qotirib, yechim topishi kerak.
6 yanvar kuni
O'zbekiston G’azo sektoridagi voqealar yuzasidan O`zbekiston
jamoatchiligi nomidan bayonot berdi. Tan olinmagan muxolifat “mazkur
bayonot jamoatchilik munosabatini ifoda etmaydi” demoqda.
“Hukumat
va Isroil aloqalari yaxshi; Isroildan yordam olinayapti. Rasmiylar
Isroilni qo`llab-quvvatlashi mumkin, lekin bu haqda ochiq ayta
olmaydi”, - deydi Otanazar Oripov.
G`azo
sektoridagi harbiy to’qnashuvlar bo’yicha MDHda hukmron fikrni
o’rgangan “Russkaya Izrail” nashriga ko’ra, rasmiy Toshkent pozitsiyasi
Isroil tomonidan xayrixohlik bilan qarshilangan.
Bu nashr Ozarbayjon pozitsiyasini bir yoqlama deb baholaydi.
Boku Isroilning Ga`zodagi harbiy harakatlarini ochiq qoralagan. Ukraina nazarida Isroil haddan ortiq ko’p kuch ishlatmoqda.
Nashrda
yozilishicha, Belarus pozitsiyasi xolisligi bilan, O'zbekiston
pozitsiyasi esa musulmon davlatlari ichida eng bosiqligi bilan ajralib
turadi.
“Russkaya Izrail” xulosasiga ko`ra, O'zbekiston Isroil bilan aloqani buzmoqchi emas.