Main » 2009»Январь»19 » O'zbekistonda diktatura o'limga mahkum..
O'zbekistonda diktatura o'limga mahkum..
23.58
O'zbekistonda diktatura o'limga mahkum..
O'zbekistonda hokimiyat(vlast)
va muholifat o'rtasidagi munosobatlar O'zbekiston jamiyatining
kelajagini,qolaversa siyosiy, iqtisodiy,sotsial jihatlardan qanday jamiyat
bo'lishini belgilaydi desak mubolag'a bo'lmaydi.O'zbekistonda muholifat Mihail
Gorbachevning oshkoralik siyosati tufayli siyosiy sahnaga chiqish imkoniyatiga
ega bo'ldi.Albatta Boltiq bo'yi ,Kavkaz respublikalari va Rossiyadan sal
kechikibroq bo'lsada Markaziy Osiyo respublikalari orasida birinchilardan bo'lib
muholifat O'zbekistonda o'zini namoyon qildi."Birlik" Halq Harakati
(1988,tashabbus guruhi 11 noyabr,rasman tashkil topishi 28
may,1989),"Erk"demokratik partiyasi(1990),Ozod dehqonlar partiyasi(1990) SSSR
parchalangunga qadar O'zbekiston uchun juda aktual bo'lgan muammolarni:Orol
fojiasi,O'zbek tiliga davlat maqomi berish,O'zbekistonga siyosiy,iqtisodiy
mustaqillik berish kabi muammolarni dadil,katta jasorat bilan ko'tarib
chiqdi.O'zbekistondagi qudratdagi kommunistik partiya rahbarlari (Rafiq
Nishonov,1989 yilning 23 iyunigacha,Islom Karimov,1989 yilning 23 iyunidan keyin
boshchiligida) avvaliga bu harakat va partiyalarni tan olishga,ular ko'targan
muammolarni bajarishga hohlashmasdan,aksincha ularga nisbatan tayziqlarni
kuchaytirdi,bu muholifatni obro'sizlantirishga harakat qildi.Shunisi
quvonarliki, O'zbekiston halqi bu yangi shakllanayotgan harakat va partiyalarni
,ular ko'targan muammolarni qo'llab quvvatladi.O'zbekiston hukumati yon berishga
majbur bo'ldi.Birlik,Erk ro'yhatga olindi,,mustaqillik dekleratsiyasi,o'zbek
tiliga davlat maqomi berish to'g'risida qonun qabul qilindi,aholiga yerlarning 5
foizchasi.bo'lib berildi.Orol fojeasini bataraf qilish bo'yicha ijobiy munosobat
paydo bo'ldi.O'zbekiston halqida kelajakka umid paydo bo'ldi.
Sovet
Ittifoqi parchalanib O'zbekiston siyosiy mustaqillikka erishganidan so'ng
hokimiyat muholifat g'oyalarini zo'raki bo'lsada amalga oshirib halqning
ishonchini qozongan bo'lsada,muholifatga nisbatan repressiyalarni boshlab
yubordi.Bu repressiyalar hanuzgacha davom etmoqda.Bu repressiyalar 1992 yildan
bu yog'iga tuzilgan inson huquqi tashkilotlariga nisbatan ham shafqatsiz
qo'llanilmoqda.Muholifat g'oyalarini hayotga tatbiq qilish va shu barobarida
ularga nisbatan repressiyalar o'tkazish faqat qisqa muddatda hukumatga o'z
halqini va dunyo jamoatchiligini aldash imkoniyatini beradi.Bu siyosatning
kelajagi yo'qligiga quyidagilar misol bo'la oladi:
Islom Karimov
rejimining qanchalik O'zbekiston halqini iqtisodiy nochor ahvolga olib kelganiga
quyidagi ba'zi mamlakatlarda aholi jon boshiga daromad (dollar bo'yicha ,2006
yil) yaqqol
ko'rsatadi. 1.Lyuksemburg-76.040, 7.AQSH-44.970, 47.Rossiya-5.780, 67.Qozoqiston-3.780, 122.Sub
-Sahara Afrika mamlakatlari-842, 139.O'zbekiston-610
. (http://www.finfacts.ie/biz10/globalworldincomepercapita.htm) O'zbekiston
hukumati respublikani qashshoqlikdan chiqarish uchun birinchi navbatda maktab
o'quvchilarining va studentlarning bilimining sifatini oshirish kerak.Buning
uchun bolalar mehnati ,majburiy mehnatdan voz kechishi kerak.Ikkinchidan
poraho'rlik va korruptsiyaga qarshi kurashish kerak.Bu ishlarni muholifatning va
aholining aktiv ijtimoiy siyosiy qatnashuvisiz amalga oshirib
bo'lmaydi.Holbuki,diktatura aholining ijtimoiy siyosiy passivligi asosiga
qurilgan.Boshqacha aytganda diktatura poraho'rlik va korruptsiyaga qarshi
kurashda ojiz.Bolalar mehnati,majburiy mehnat ham poraho'rlik,korruptsiyani
keltirib chiqaruvchi omillardan hisoblangani uchun diktatura bu muammolarni hal
qilishdan manfaatdor emas.Shu sababli diktatura bu muammoga barham berishda
qodir emas.Lekin O'zbekiston halqi ham boshqa mamlakatlardagiday erkin,farovon
hayot kechirishni hohlaydi.Islom Karimov rejimi bu halqning orzusini ro'yobga
chiqara olmaydi.
Yana bir jihat qonun ustivorligini amalga oshirish uchun
O'zbekistonning barcha aholisi konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilishi
kerak.Lekin birinchi navbatda hokimiyatdagilar hurmat qilishi kerak.Afsuski
O'zbekistonda birinchi shahs Islom Karimov konstitutsiyani hurmat qilmaydi.Unga
bo'ysunuvchi milliy havfsizlik hizmati,militsiya,sud ,prokuratura organlari ham
konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilmaydi.Bunday sharoitda hokimiyat tomonidan
fuqarolarning huquq va erkinliklari toptaladi.Islom Karimovning muholifat
g'oyalarini hayotga tatbiq qilib va shuning barobarida muholifatga nisbatan
repressiyalarni to'htovsiz olib borishi bunga misol bo'ladi.Bu repressiyalar
natijasida muholifat liderlari hozir g'arb davlatlarida faoliyat olib
bormoqda.Qashshoqlikdan millionlab o'zbekistonlik ayollar va erkaklar
Rossiya,Qozoqiston,Janubiy Korea va boshqa mamlakatlarda mehnat
muhojirlaridir.
Shu yaqin 3-4 yillar davomida hukumat repressiyalariga
qaramasman O'zbekiston huquqbonlari,muholifat a'zolari, halqaro huquqni himoya
qiluvchi tashkilotlar:Amnesty International,FIDH,Front Line,HRW va boshqa
tashkilotlar bilan hamkorlikda BMT,Yevropa Ittifoqi,AQSH va boshqa nufuzli dunyo
siyosatida muhim rol o'ynaydigan davlatlarning e'tiborini andijon voqealari,
qamoqdagi muholifat a'zolarinining ahvoli ,bolalar mehnati, majburiy
mehnat,qiynoqlar kabi O'zbekistonda keng ko'lamda ro'y berayotgan inson
huquqlarining buzilishlariga qaratishga muvaffaq bo'lishdi.Bu jarayonga
"Birdamlik" harakati va muholifat partiyalar O'zbekiston aholisini jalb
qilishsa ijtimoiy siyosiy islohotlar o'tkazilishiga turtki bo'lardi.O'zbekiston
muholifati AQSH,Yevropa Ittifoqi,BMT bilan hamkorlikda vijdon mahbuslarini
qamoqdan chiqarish,bolalar va majburiy mehnat,qiynoqlar,korruptsiya va
poraho'rlikka qarshi kurash kabi yo'nalishlarda ma'lum muvaffaqiyatlarga
erishishi mumkin. .Shu orqali O'zbekiston aholisining ham ijtimoiy siyosiy
jarayonlarda qatnashishi, hukumatning fuqarolar oldidagi majburiyatini his
qilishiga va ular oldida hisobot berishga o'rgatishda katta bir qadam qo'yilgan
bo'lardi.Albatta O'zbekiston halqi muholifatni borligini uning qilgan ishlari
orqali biladi.
Abdujalil Boymatov,O'zbekiston Inson Huquqlari
Jamiyati sekretariatining a'zosi.
18- yanvar,2009
yil.
1)Orol,O'zbek tili,mustaqillik,inson
huquqlari,demokratiya. 2)Halqaro inson huquqlari
tashkilotlari,EU,AQSH,Amnesty
International,HRW,FIDH,BMT 3)Birdamlik,ERK,Birlik,Ozod dehqonlar
partiyasi. 4)Vijdon asirlari,bolalar mehnati,qiynoqlar,mehnat
muhojirlari,ro'yhatga oldirish. 5)Qirg'iziston,Mo'g'iliston,Ukraina,Gruziya
tajribalari. 6)Demokratik o'zgarishlar vijdon asirlarini qamoqdan
chiqarishdan boshlanadi. 7)Gorbachev oshkoralik. 8)Hokimiyat tepasiga
kelish kerak. 9)Kemasdan ham bir narsa qilish
mumkinmi. 10)Qashshoqlik,korruptsiya,poraho'rlik. 11)Diktatura,bir
partiyalilik korruptsiyaga qarshi kurashga ojiz. 12)Qonun ustivorligi.(rule
of law) 13)Afrika
Views: 1638 | Added by: himoyachi | Rating: 2.0/1 |