Main » 2009»Январь»27 » Bir kishini himoya qil,ming kishi quvvat olsin.
Bir kishini himoya qil,ming kishi quvvat olsin.
21.00
Bir kishini himoya qil,ming kishi quvvat olsin. O'zbekiston Inson
Huquqlari Jamiyati(O'IHJ) 1992 yilning 2-vebralida O'zbekistonda birinchi inson
huquqlari tashkiloti sifatida tashkil topdi.Jamiyat tashkil topgandan beri
doimiy O'zbekiston hukumatining tayziqi ostida.Tashkilot 6 marta to'yhatdan
o'tish uchun O'zbekiston adliya vazirligiga kerakli hujjatlarni taqdim
qilgan.Lekin tashkilot ro'yhatga olinmadi.Nihoyat tashkilot 2008 yilning
21-oktyabrida O'zbekistonda emas,Frantsiyada ro'yhatga olindi.Jamiyat tashkil
topganidan beri 28 a'zosi sohta ayblar bilan qamaldi,hokimiyat tomonidan
qamalishga "navbati" etmay qolganlarining ko'pchiligi O'zbekistonni tark
etishdi.Barcha repressiyalarga tik qarab mardonovor kurashayotganlargina
mamlakatda faoliyatini davom ettirmoqdalar[Complaint to the Special Representative of the UN
Secretary ...]. Shunday savol tug'iladi.Nega O'zbekiston hukumati
inson huquq tashkilotlarini,ularning a'zolarini ta'qib etadi? Ahir huquqbonlar
hokimiyat(vlast) tomonidan huquqlari poymol etilgan O'zbekiston
fuqarolarining(ha hokimiyat tomonidan,hamma gap shu erda) huquhlari uchun
kurashib adolat qaror topishi uchun kurashadilarku.Bu bilan O'zbekistonda adolat
qaror topishiga ,ijtimoiy siyosiy barqarorlik o'rnatishga hissa qo'shishadi.Yana
bir jihat,inson huquq tashkilotlari ,siyosiy muholifat partiyalarday hokimiyat
uchun kurashmaydi.Huquqbonlar O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan
BMTning pakt va konventsiyalarini qanday bajarayotganligini,O'zbekiston
konstitutsiyasiga qanchalik amal qilayotganligining monitoringini olib boradi.
Buhday faoliyat Inson Huquqlari Umumjahon Dekleratsiyasi (1948)[The Universal Declaration of Human
Rights],Yakka shahslar,guruhlar va jamiyatlarning(Organs of Society)
umuminsoniyat tan olgan inson huquqlari va asosiy erkinliklarini keng targ'ib va
himoya qilish bo'yicha huquq va majburiyatlari to'g'risida
dekleratsiya(Qisqacha,huquqbonlar to'g'risida dekleratsiya),(1998)[Human Rights First ], European Union
Guidelines on Human Rights Defenders[ European Union Guidelines on Human Rights Defenders](2004) kabi
hujjatlarda huquqiy kafolatlangan. O'zbekistonning qudratdagi hokimiyati
huquqbonlarni konstitutsiyasiga,halqaro pakt,konventsiyalarga zid ravishda
repressiyalarga duchor qilmoqda.
Hokimiyatning huquqbonlarni sohta ayblar
bilan jinoiy ishlar ochib repressiyalarga duchor qilishining 5 sababi
bor.
Bu sabablarni[ News: PBI] O'zbekiston hokimiyatining O'IHJ
a'zolarining qanday taqib qilganligi misolida
ko'rsatiladi[http://www.frontlinedefenders.org/files/en/Letter%20to%20Margaret%20Sekaggya.pdf]. 1-sabab.Hokimiyatning
huquqbonlarni taqib qilishi ularning faoliyatini sustlashiga olib keladi.
Ayniqsa tashkilotning rahbariyat hodimlarini,ma'lum malakali hodimlarini taqib
qilishi ularning o'z faoliyatlarinin yo'nalishini o'zgartirishga,ya'ni huquqi
poymol etilgan insonlarni himoya qilishni to'htatib,o'zining huquqlarini himoya
qilishga majbur bo'ladi.O'IHJ Jizzah viloyati bo'limining raisi Bahtiyor
Hamroyevning o'g'li Ihtiyor Hamroyevni,OIHJ Samarqand viloyati bo'limining raisi
Mamatqul Muhtarovning o'g'li Bahodir Muhtarovni sohta ayblar bilan qamalganda,bu
huquqbonlar shu viloyatdagi huquqlari poymol qilingan kishilarning huquqlarini
himoya qilishni susaytirishga yoki to'htatishga,o'g'illarining dastlabki tergov
,sud va qamalgandan keyin ularni ozodlikka chiqarish kabi barcha jarayonlarda
qatnashishga majbur bo'lishdi.
2-sabab.Hokimiyatning huquqbonlarni sohta
ayblar bilan taqib qilishi ularning faoliyatiga jamoatchilik orasida ularga
nisbatan ishonchlilik va ular faoliyati qonuniyligining(legitimacy) pasayishiga
olib keladi.Bu sohta ayblar jamoatchilikda ularning faoliyatiga shubha
to'g'diradi. O'IHJ birinchi raisi Abdumannob Po'latov[ Т.Якубов: Постоянный скандальный фон.
Оппозиционно-правозащитная ...],2001 yildan hozirgacha raislik qilib
kelayotgan Tolib Yaqubov[Толиб Ёкубов: Менинг якинларимга хужум(1-кисм) - 13 Ноябрь 2007
...] va tashkilotning Jizzah viloyati Pahtakor tumani bo'limining
raisi Saida Qurbonovaga nisbatan to'hmatlardan iborat maqolalarning chop
etilishi misol bo'la oladi[Саида Курбанова | Front Line].
3-sabab.
Hokimiyatning huquqbonlarni sohta ayblar bilan taqib qilishi ularnin hayotini
havf ostiga qo'yadi. O'IHJ Qashqardaryo viloyati bo'limining raisi Shovruq
Ro'zimuradov,Sirdaryo viloyati bo'limining raisi Azam Formonov,Shu viloyat
Mirzaobod rayoni bo'limining raisi Alisher Karamatov,Samarqand viloyati
Ishtihon rayoni bo'limining raisi Norboy Holjigitovlar hokimiyat tomonidan sohta
ayblar bilan qamalib noinsoniy qiynoqlarga duchor qilindilar.Buning oqibatida
Shovruq Ro'zimurodov hayot bilan vidolashdi,Alisher Karamatov,Norboy
Holjigitovlarning sog'lig'i nihoyatda og'irlashib vrachlar yordamiga muhtoj
bo'lib qolishdi.
4-sabab.Hokimiyatning huquqbonlarni sohta ayblar bilan
taqib qilishi aholida qo'rquv va huquqbonlar faoliyatiga nisbatan
ishonchsizlikni paydo qiladi. Huquqbonlarning faoliyatidan ularning oila
a'zolari norozi bo'la boshlaydi.Ularga murojaat qiluvchilar kamaya
boshlaydi. Jurnalist va O'IHJ a'zosi Jamshid Karimovga nisbatan doimiy
tayziqlar ,hamda ruhiy kasalhonaga joylashtirilishi uning hotini bilan
ajrashishiga va opa singillari bilan munosobatlarning yomonlashiga olib keldi.
Uning ruhiy kasalhonaga joylashtirilishi ko'pchilikda qo'rquvni paydo
qildi.
5-sabab.Hokimiyatning huquqbonlarga nisbatan repressiyalari butun
jamiyatga nisbatan repressiyadir. Darhaqiqat,huquqbonlar jamiyatning ma'lum
guruhlarining huquqlarini;
fermerlar,bolalar,ayollar,nogironlar,qariyalar,dindorlar va muholifatning
huquqlarini himoya qilishadi.Ularning repressiyalar tufayli faoliyatini
susayishi yoki to'htashi ,aholining ma'lum guruhlarining huquqlarining himoya
qilinishining kamayishiga yoki to'htalishiga olib keladi.O'IHJ ning
a'zolari;Mamir Azimov,Saida Kurbanova,Alisher Karamatov,Azam Farmonov.Norboy
Holjigitov,Bahtiyor Hamroyev larning ta'qib qilinishi ularning faoliyatini
susayishiga yoki butunlay to'htashiga olib keldi.Buning oqibatida ular himoya
qiloyatgan aholining ,ayniqsa fermerlarning va maktab o'quvchilarining
huquqlarining himoya qilinishining pasayishiga yoki butunlay to'htab qolishiga
olib keldi. Diktatorlar o'z diktaturasini o'rnarishda qadimgi hitoy
devizi(slogan):"bir kishini o'ldir,mingtasi titrasin"ga amal qiladi. Erkin va
demokratik jamiyat qurish uchun kurashuvchi huquqbonlar esa Front Line
devizi;[http://www.frontlinedefenders.org/about/frontline]"bir kishini himoya
qil,mingtasi quvvat olsin"ga amal qiladi.
Abdujalil
Boymatov,O'zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati sekretariatining
a'zosi.
27- yanvar,2009 yil.
Views: 1188 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |