Вторник, 2024-04-23, 13.03
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2009 » Февраль » 15 » Nega O'zbekistonda diktatura o'rnatildi?
Nega O'zbekistonda diktatura o'rnatildi?
18.50
 Nega O'zbekistonda diktatura o'rnatildi?
           1989 yillarda "Birlik" Halq Harakatining mitinglarida,ko'chada namoyish qilib yurishlarda qatnashgan paytlarimda va ayniqsa Sovet Ittifoqi parchalanib mustaqil O'zbekiston siyosiy mustaqillikka erishganida men 10-15 yillar ichida erkin, demokratik jamiyat qurishda ancha olg'a siljiydi deb o'ylagandim.Bunday o'ylashimga sabablardan biri Sovet Ittifoqi va shu jumladan O'zbekiston aholisining faqat zulm ostida yashaganligi.uchun ,erkin,demokratik jamiyatda yashashga intilishi,yana biri esa Sovet Ittifoqi davrida ilm fan,sanoat,qishloq ho'jaligi ancha rivojlanganligi, aholining qarayb yuz foiz savodhonlikka erishganligi umid bag'ishlardi.Afsuski O'zbekiston mustaqilligining 17 yilligi nishonlangan bo'lsada O'zbekistonda  erkin, demokratik  va farovon jamiyat qurish orzu bo'lib qolmoqda.Islom Karimov hukumatining repressiv siyosati tufayli muholifat liderlari vatanni tark etishga majbur bo'lishdi.Abdurahim Po'latov,Bahodir Choriyev AQSHda,Muhammad Solih Turkiyada, Tolib Yoqubov Frantsiyada,ko'p muholifat vakillari va huquqbonlar qamoqda yoki muhojiratda.. Milliyonlab o'zbekistonliklar Rossiya,Qozog'iston va boshqa mamlakatlarda mehnat muhojirlaridir.

O'zbekistonda diktatura o'rnatilishida quyidagi omillar asosiy rol o'ynadi:

O'zbekistonda diktatura o'rnatilishiga asosiy omillardan biri Islom Karimovning o'z shahshiy manfaatini O'zbekiston halqi manfaatidan ustun qo'yishi.Darhaqiqat,Islom Karimov 1990 yilning mart oyida birinchi marta O'zbekiston Kommunistik partiyasining birinchi sekretari sifatida O'zbekiston Oliy Sovetining sessiyasida O'zbekiston prezidenti bo'lib saylangan edi.1991 yilning dekabr oyida O'zbekiston siyosiy mustaqillikka erishganidan so'ng Kommunistik partiya zamirida tashkil topgan Halq Demokratik partiyasidan nomzodi ko'rsatilib yana prezidentlikka saylangan edi.2000 yilning dekabrida bo'lib o'tgan navbatdagi prezident saylovlarida Islom Karimov Fidokorlar partiyasi tomonidan nomzodi ko'rsatilib 3-marta prezidentlikka saylandi.2007 yilning dekabrida esa Liberal demokratik partiya tomonidan nomzodi ko'rsatilib 4-marta prezidentlikka saylandi.Albatta O'zbekiston mustaqil bo'lganidan keyin prezidentlikka  mustaqil O'zbekiston konstitutsiyasiga binoan 3-marta saylandi. Sirtdan qaraganda Islom Karimovning 4 marta 4 turli partiyalar tomonidan nomzodi ko'rsatilishi O'zbekistonda demokratiyaning gullab yashnayotganligini  ko'rsatadi. Lekin hamma gap shundaki bu to'rtala partiya ham Islom Karimov birinchi kotib bo'lgan(Kommunistik partiya,Halq demokratik partiyalari) yoki uning ko'rsatmasi bilan tuzilgan (Fidokorlar partiyasi,Liberal demokratik partiya) qo'g'irchoq partiyalardir.Bu partiyalar hukumatga hizmat qiladigan partiyalardir.Bu partiyalarda ichki demokratiya ham yo'q,yani bu partiyalarning rahbariyati hukumatning ko'rsatmasi  bilan saylangan.Yangi partiyalarning Islom Karimov ko'rsatmasi bilan tuzilishi va bu partiyalarning Islom Karimovni prezidentlikka nomzod qilib ko'rsatilishi bu O'zbekiston halqi va jahon jamoatchiligini  mamlakatda demokratik islohotlar o'tkazilmoqda deb aldashdir.Islom Karimovning ruhsatisiz,halqning tashabbusi bilan tuzilgan muholif partiyalar Birlik halq harakari ,ERK,Ozod dehqonlar partiyalari doim hukumat tayziqi ostida.Ular shu paytgacha ro'yhatga olinmagan.

         Ikkinchi sabab muholif partiyalarda ham ichki demokratiyaning yo'qligi sababli  ularda liderlar almashishining  yo'qligidir..Abdurahim Po'latovning Birlik halq harakari harakatining 1988 yildan  2003 yilgacha  va shu yildan shu nomdagi partiyaning raisi bo'lganiga  qarayb 20 yil bo'ldi.Muhammad Solih esa ERK partiyasining 1990 yildan beri raisi.Mamlakatda demokratiya bo'lishi uchun nafaqat hokimiyatdagilar konstitutsiyaga amal qilgan holda almashib turishi kerak,balkim partiyalarning rahbarlari ham erkin,demokratik saylov yo'li bilan almashib turishi kerak.Darhaqiqat demokratik partiyalar demokratik hokimiyat ro'yobga kelishini taminlay oladi. Birlik va ERK partiyalari liderlari uchun ular doim hukumatning taqibida bo'lganliklari uchun rahbarlar almashishiga imkoniyat,sharoit yo'q deyishar.Lekin asosiy maqsad erkin,demokratik jamiyat qurish bo'lgani uchun bu uzr o'rinsizdir.
Darhaqiqar,Islom Karimov tuzgan partiyalar,muholifat tuzgan partiyalarda ichki partiyaviy demokratiya bo'lmasa,O'zbekiston qanday qilib demokratik jamiyatga aylana oladi?
Biz Islom Karimovni O'zbekiston konstitutsiyasini hurmat qilmaganlikda ayblaymiz. Shu jumladan nafaqat hukumat partiyalari liderlarini,balkim muholifat partiyalari liderlarini ham o'z partiyalarining ustavlarini hurmat qilmaganlikda ayblay olamiz.

Uchinchi sabab, o'zbek halqining  tashvishlari ichida to'y ma'rakalarning ustunligidir.Bu tashvishlar inson huquqlari,erkinlik va demokratiyaga juda kam joy qoldiradi.Sovet Ittifoqi davrida ham,Islom Karimov diktaturasi davrida ham o'zbekiston halqining siyosiy,fuqarolik huquqlari cheglangan holda dabdabali, katta chiqimlarni talab qilinadigan ma'rakalarga to'la erkinlik(balkim ataylabdan) berildi. Lekin tan olish kerak Sovet davrida o'ta dabdavali to'ylar o'tkazgan kishilarga nisbatan mustaqil O'zbekistondan farqli ravishda  ba'zi choralar ko'rilardi(masalan ishdan bo'shatilardi.)Albatta bu marakalarga sarflanadigan katta chiqimlar ko'p oilalarda oliy ma'lumotli bo'lish yoki ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatnashish imkoniyatini keskin kamaytiradi.O'zbekiston halqining erkin ,demokratik jamiyat qurishi uchun bu dabdabali to'y ma'rakalardan voz kechilishi kerak.Afsuski O'zbekiston rahbarlari bu borada halqqa ibrat bo'la olmaydilar.Shu erda premyer minister Shavkat Mirziyoyev ,O'zbekiston va uning tashqarisida ham "mashhur" Salim Abduvaliyevlarning o'g'illarini uylantirganlarida bazmlarda bir necha minglarcha mehmonlar qatnashganligini internet saytlarda o'qigan edim.Diktatura o'rnatilishiga juda qo'l keladigan o'zbek halqining "poda" psihologiyasi ayniqsa navbatda turish madaniyatining juda pastligida yaqqol ifodalangan.(bu ayniqsa O'zbekiston aholisining ko'pchiligini tashkil qiladigan qishloq joylarda juda yaqqol ko'zga tashlanadi).Navbatda turish bu boshqa insonlarni oddiygina hurmat qilishdir.Erkinlik,demokratiya esa insonlarning huquqlarini hurmat qilish asosiga quriladi.O'zbekistonda esa aholini qo'yavering,rahbar lavozimdagilarda ham navbatda turish madaniyatini yo'q hisobida.To'g'rirog'i ular bu madaniyarni rivojlantirishdan manfaatdor emas.Ular o'zlari umuman navbatda turmaganlari barobarida,sun'iy navbatlar yaratishib buni daromad manbaiga aylantirishgan.Albatta korruptsiya va poraho'rlik diktaturaning moliyaviy tayanchidir.Bu tayanchni yo'q qilmasdan erkin,demokratik jamiyat yaratib bo'lmaydi.

To'rtinchi sabab,qo'shni mamlakatlarning :Afg'oniston,Qirg'iziston,Qozog'iston,Tojikiston,Turkmanistonning erkin,demokratik davlat emasligidir.
Bu sabablar orasida birinchi sabab asosiydir.Chunki prezident Islom Karimov tasarrufida armiya,milliy havfsizlik hizmati(to'g'rirog'i diktator havfsizlik hizmati), militsiya ,ommaviy ahborot vositalari va O'zbekistonning moliya tizimidir.

Shu sabablarga qaramasdan O'zbekiston halqi erkin,demokratik va farovon mamlakatda yashashga erishishi uchun,qadamma qadam fuqaroviy erkinliklar:o'zini erkin ifodalash ,tashkilotlarga uyushish ,yig'ilishlar o'tkazish(shu jumladan tinch yo'l bilan o'z noroziligini bildirish),mamlakat ichkarisida va boshqa mamlakatlarga erkin borib kelish kabi huquqlarni qo'lga kiritishi kerak.Fuqaroviy huquqlarning ta'minlanishi siyosiy huquqlarning ta'minlanishiga olib keladi.Fuqaroviy va siyosiy huquqlarning ta'minlanishi  esa erkin va demokratik jamiyatning qirilishini kafolatlaydi.

Abdujalil Boymatov.
O'zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati sekretariatining  a'zosi.

12-fevral,2009 yil.
Views: 1470 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728
Login form
Search
Site friends

Statistics