Main » 2009»Февраль»19 » Sovet qo'shinlari Afg'onistonni tark etganiga 20 yil bo'ldi
Sovet qo'shinlari Afg'onistonni tark etganiga 20 yil bo'ldi
17.43
Sovet qo'shinlari Afg'onistonni tark etganiga 20 yil bo'ldi
Malik MansurAmerika Ovozi 18/02/2009
Bugunga kunda tarixga aylangan Sovet Ittifoqi Afg'onistondan o'z qo'shinlarini 1989 yilda butunlay olib chiqqan edi.
10 yillik qonli urushda O'zbekistondan 65 ming kishi
qatnashgan.
1,5 mingdan ziyodi halok bo'lgan, 2,5
mingdan ortig'i turli jarohatlar bilan qaytgan.
Afg'on urushi faxriylari nazarida bu mamlakatdagi bugungi
vaziyatda NATO yoki G'arbning g'alaba
qozonishi qiyin.
O'zbekiston faxriy jangchilar birlashmasi turli
viloyatlarda Afg`onistonda urush tugaganining 20 yilligini nishonlab,
qahramonlar xotirasi uchun o'rnatilgan yodgorliklar poyiga gullar
qo`yilmoqda.
Birlashma raisi, afg'on urushi faxriysi Tal'at Murodovning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, qonli janglardan omon qaytgan
insonlarni qanchalik e'zozlasak shuncha kam.
"Bugun ham "Motomsora ona" haykali poyiga gullar qo'ydik.
Afg`onistonda halok bo`lgan jangchilarni ism-shariflarini xotira kitobiga kiritishni
rejalayapmiz. Tashkilotimizning asosiy maqsadi afg`on urushi faxriylariga
yordam ko`rsatish, ularni moddiy qo`llab-quvvatlash. Bu borada davlat
tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlaymiz", - deydi Tal'at Murodov.
Faxriy nazarida Afg`onistondagi bugungi vaziyat
avvalgi urush davridan keskin farq qiladi.
"AQSh terrorga qarshi kurashamiz deyapti. Lekin
giyohvand moddalar yetishtirish 95 foizga chiqqan, bizning davrimizda 10 foiz
edi. Zavodlarini buzib yo`qotar edik. Keyin terrorizm o`choqlari ham Afg`onistonning
o`zida yo`q edi. Pokistonda, Eronda bo`lardi. Hozir Afg`onistonning o`zida
paydo bo`lgan", - deydi Tal'at Murodov.
U avvalgi va hozirgi urush sabablarini
geosiyosatda, Afg`onistonning buyuk
davlatlar uchun ahamiyati kattaligida ko'radi.
"Chunki NATO terrorizmni yo'qotish uchun
kurashayotgani yo'q. Asosiy maqsad Afg'onistonning (tabiiy)
boyliklari, mamlakat hududini egallash. Janjal asosan shuning
uchun ketmoqda", - deydi faxriy.
Sovet-afg'on
urushida mujohidlar, SSSRga qarshi kurashayotgan jangarilar G'arb,
xususan Amerika tomonidan quvvatlanganini aytib o'tish joiz.
G'arb Sovet Ittifoqini bosqinchilikda ayblagan va muhojidlar NATO kabi tashkilotlar nazarida erkinlik uchun kurashayotgan edi.
SSSR rahbariyatining maqsadi esa Afg'onistonda kommunistik hukumat tuzib, shu mafkuraga asoslangan jamiyat qurish edi.
Bo'linib
ketish arafasida turgan ittifoq bu maqsadga erisha olmasligini anglagan
holda afg'on sarhadini tark etdi, lekin bu yurtga tinchlik kelmadi.
Turli elat va partiyalar hokimiyat uchun kurasha boshladi. 1996 yilda Tolibon hukmronlik o'rnatdi.
Bu hukumat 2001 yilning so'nggida AQSh kuchlari tomonidan ag'darildi. Shundan beri Amerika yetakchiligidagi
xalqaro qo'shinlar Tolibon va Al-Qoidaga qarshi harbiy operatsiyalar olib bormoqda. Barqarorlikdan hamon darak yo'q.
AQShning yangi rahbari Barak Obama Afg'onistondagi
qo'shinlar sonini ko'paytirish haqida qaror qabul qildi. Yangi strategiya
ustida ish ketmoqda.
Toshkentda prezident Islom Karimov bilan muloqot
qilgan AQSh Markaziy qo`mondonligi rahbari
general Deyvid Petreus asosan Afg`onistondagi vaziyatga e'tiborni qaratgan.
Sharhlovchilarga ko`ra Rossiya ham Afg'onistondagi
harakatlarga faol hissa qo'shmoqchi va u yerdagi rolini oshirmoqchi.
"AQSh Afg'onistonda harakatlarini jadallashtirar
ekan, Rossiya ham AQShga qarata o'z faoliyatini jonlantirmoqda", - deydi siyosiy tahlilchi Farxod Tolipov.
Views: 1431 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |