Shu kunlarda AQShning Obama qo'lini Linkolndan qolgan injiliga qo'yib qasamyod keltirdi16-prezidenti Avraam Linkoln tavalludining 200
yilligi nishonlanmoqda.
Linkoln Amerika Qo’shma Shtatlarini parchalanib
ketishdan saqlab qolgan va qulchilikka barham bergan rahbar sifatida
tarixga kirgan.
Barak Husayn Obama prezidentlik qasamyodini
berar ekan, qo'lini Avraam Linkoln o’qigan Injilga qo’yib keltirdi. 150
yil oldin Linkoln shu kitobni ushlagan holda o’z prezidentligini
boshlagan edi.
Obama prezidentlik kampaniyasini ham Linkolnning ona shahri Springfilddan boshladi.
Springfild - Illinoys shtati poytaxti. Linkoln shu yerdan turib, parokanda xalqni birdamlikka chaqirgan.
Obama prezidentlikka saylangan kuni ham Linkolnning so’zlarini yodga olgan edi.
"Hokimiyat
xalqniki, xalq uchun xizmat qiladi va xalq tomonidan saylanadi".
Tarixchi Garri Rubenshteyn fikricha Obama Linkolndan ilhom oladi va u kabi buyuk ishlar qilishni xohlaydi.
"Sababi Avraam Linkoln va Amerika orzusini bir-biridan ajratish qiyin", - deydi professor.
Linkoln
XIX asr boshida kichik bir kulbada dunyoga kelgan. Maktabga bormagan va o’qishni o’zi
o’rgangan. Qonunni qiroat qilgan bu shaxs yengilmas advokat sifatida taniladi.Xalq tiliga tushgach va uning ishonchini oqlagach, prezidentlikka harakat qiladi va saylanadi.
O'sha
davrda esa
Amerika janubi va shimoli orasida qonli urush kechayotgan edi. Janub
quldorlik tarafdori bo'lsa, shimol aholisi bunga qarshi edi.
Linkoln davlatni
bo’linib ketishdan asrab qolgan hamda quldorlik va qullikka yakun yasagan. Urush
nihoyasida esa otib o’ldirilgan.
Linkoln, shubhasiz, AQShning
eng buyuk prezidentlaridan biri. Uning yetakchiligi, muammoga yechim
topa olishi, kuchli g’oyalari va xalqni o’ziga ishontira olishi, kimki
rahbar bo’lmasin, unga o’rnak.
Vashington shahridagi Amerika
tarixi muzeyida Avraam Linkoln hayotiga mansub eksponatlarni ko’rasiz.
Linkoln oddiy, kamtarin inson bo’lgan, deydi
tarixchi Deyvid Vord.
|
Linkolnning 1865 yil 5 fevralda olingan so'nggi surati
|
"Linkoln xuddi Napoleon Bonapart singari
izchil o’rganilgan va tahlil qilingan tarixiy shaxslardan biri. Tom-tom
kitoblar, biografik ma’lumotlar va ilmiy materiallar haqida gapirmasak
ham bo’ladi. Har biri prezidentning yangi bir qirrasini ochib bergan",
- deydi Deyvid Vord.
Linkoln o’sha davr axborot vositalari
bilan yaqindan aloqa qurgan ilk prezident desak mubolag’a bo’lmaydi.
Har doim bayonot qilganida suratga olingan. O’zini xalq vakili deb
bilgan. O’zini hech kimdan ustun qo’ymagan.
Linkolnning
oxirgi tasviri 1865 yil fevralida olingan. Darz ketgan negativda, siz
xatto Linkoln boshiga uzilgan o’q izini ham ko’rishingiz mumkin.
Hodisadan ikki oy o’tib Linkoln vafot etgan.
"Urush o’z yakuniga
yetgan davr edi. U kimdir suiqasd qiladi deb o’ylamagan ham. Linkoln
ittifoqni saqlab qolganini bilar edi. Bu unga umid bergan. Qullarni ham
ozod qilishga ulgurgandi. Linkoln bir kun kelib qora tanli prezident
bo’lishini bilganida edi, juda faxrlangan bo’lardi", - deydi tarixchi
Vord.
Linkoln va Obama orasida partiyaviy-mafkuraviy farqlar bor. Ammo liderlik xususiyatlari juda o’xshash, deydi tarixchilar.