Sovet qo’shinlari Afg’onistondan chiqqaniga 20 yil to’ldi. 9 yillik kampaniya Sovet Ittifoqi mag’lubiyati bilan tugagan.Afg’on
urushi fahriylari fikricha, Afg’onistonda xizmat qilayotgan AQSh va
NATO askarlari sobiq Sovet tarixidan saboq olishi mumkin.
1989
yil 15 fevralida Sovet qo’shinlarining Afg’onistondagi qo’mondoni
general Boris Gromov Afg’oniston va O’zbekistonni bog’lovchi Do’stlik
ko’prigi orqali mamlakatni tark etgan.
1979 yil dekabrida
boshlangan harbiy operatsiya bir necha yilga cho’zilib, 15 ming Sovet
harbiysi, maslahatchisi va mutaxassisi hayotiga zomin bo’ldi.
General Gromovning aytishicha, Afg’onistondagi siyosiy muammolarni harbiy yo’l bilan hal qilib bo’lmaydi.
Masalaga
kuch bilan yondashib bo’lmaydi. Qo’shinlarni xoh oshiring, xoh
kamaytiring, foydasi yo’q. Avvalambor, afg’onlar o’zaro kelishib
olishlari zarur, deydi rus generali.
Sovet Ittifoqi oldida
Afg’onistonda harbiy g’alabaga erishish emas, balki mamlakatning Sovet
davlatiga moyil rahbarlariga qoradori savdosiga qarshi kurashda,
mamlakat orqali o’tgan quvurlarni hamda yo’l va shaharlarni
terrorchilardan himoya qilishda yordam berish vazifasi turgan, deydi
Gromov.
Qo’shma
Shtatlar va qator boshqa davlatlar Gromov ko’rsatgan sabablar safsata
deb, Sovet Ittifoqi o’z ta’sir doirasini kengaytirish maqsadida
Afg’onistonni bosib olgan deydi. Mustaqil
kuzatuvchilarga ko’ra, u paytda qoradori Sovet Ittifoqiga o’tmagan va
uning Afg’onistonda himoyaga muhtoj quvurlari bo’lmagan.
Sovetlarga qarshi kurashgan jangarilar mujohiddin deb atalib, qurollarning katta qismini AQShdan olar edi.
Oradan yillar o’tgach esa mujohidlar Tolibon safiga qo’shilib, xuddi shu qurollar bilan AQSh kuchlariga qarshi urush qilmoqda.
Moskvalik
mustaqil tahlilchi Pavel Felgenxauerning aytishicha, toliblar,
mujohidlardan farqli o’laroq, chet el hukumatlaridan qurol olayotgani
yo’q.
Unga Pokiston ichidagi ba’zi guruhlar va al-Qoida yordam bermoqda, deydi Felgenxauer.
Ularga
ko’ra jangarilar qoradori sanoatini otaliqqa olib, uning savdosidan
tushgan daromad hisobiga qurollanmoqda. Shuning uchun NATO asosiy
kuchni afyun sanoatiga qarshi yo’naltirishi kerak.
|
Dmitriy
Popov Sovet qo’shinlari tarkibida Afg’onistonda ikki yil xizmat qilgan.
Bugun u Moskvadagi afg’on urushi veteranlari guruhini boshqaradi. Uning
aytishicha, Sovet kuchlari yaxshi qurollangani va harbiy sohada ancha
ustun bo’lganiga qaramay oddiy afg’onlarni yuta olmadi, dunyoqarashini
o’zgartirolmadi.
Afg’onlar o’z yurti, yashash tarzini himoya
qildi. Ko’p xalqlar ularni istilo qilmoqchi bo’ldi, o’z e’tiqodi va
madaniyatini ularga singdirmoqchi bo’ldi, ammo afg’onlar “bizga
texnologiya va traktorlar kerak emas, yerni mol bilan haydashga
o’rganganmiz va bundan qaytmaymiz” deya qattiq turdi, deydi Popov.
Popov ham, Gromov ham NATO g’alabasiga ishonmaydi.
Urush qilgandan ko’ra AQSh, Rossiya va boshqalar Afg’oniston tinchligi yo’lida birga hamkorlik qilishi kerak, deydi ular.
Rossiya
AQShga afg’on masalasi bo’yicha yordam berishini aytgan, ammo tahlilchi
Pavel Felgenxauerning aytishicha, rasmiy Moskva taklifining o’ziga
yarasha narxi bor.
Qo’shma Shtatlar Rossiyaning sobiq Sovet hududidagi manfaatlari bilan hisoblashsagina, Kreml unga yordam beradi, deydi u.
AQSh
vitse-prezidenti Jo Bayden o’tgan hafta Myunxendagi xavfsizlik
anjumanida Amerika Rossiyaning hech bir ta’sir doirasini tan olmaydi,
biroq Tolibon va al-Qoida Rossiyaga ham xavf tug’dirishini hisobga
olib, rasmiy Moskva NATO bilan umumiy dushmanga qarshi kurashgani
ma’qul degan.