Marg’ilondagi
“O’tyuraklar klubi” inson huquqlari tashkiloti raisi Mo'tabar
Tojiboyeva AQSh hukumatining "Mard ayol" xalqaro mukofoti bilan
taqdirlanmoqda.
Jahonda jami olti ayol shunday sovringa loyiq topilgan.
Ular mukofotni kelasi hafta Vashingtonda o’tkaziladigan marosimda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton qo’lidan qabul qiladi.
Inson
huquqlari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar O`zbekistonda
mustaqil jurnalistlarga o’tkazilayotgan tazyiqdan tashvish bildirar
ekan, mahalliy nodavlat tashkilotlar vaziyatni o’zgartirish uchun
faoliyatni kuchaytirishi kerak deydi.
Markazi AQShda bo`lgan Jurnalistlarni himoya qilish qo`mitasining (Comittee to Protect Journalists) so’nggi bayonotida O`zbekiston tilga olinadi.
Unda mustaqil jurnalist Dilmurod Sayid va Kushodbek Usmonovni ozod qilish talab etiladi.
Andijonlik mustaqil jurnalist Kushodbek Usmonov bezorilikda ayblangan. Ayni paytda sud jarayoni ketmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Usmonov huquq-tartibot organlari faoliyati haqida tanqidiy maqola chop etgan.
“U
kishi ko'p maqolalar yozgan, bu maqolalar gazeta, jurnallarda bosilgan.
Ustidan tuhmat qilishayapti”, - deydi Kushodbek Usmonovning turmush
o'rtog'i.
So'nggi tazyiqlardan keyin
O’zbekistonda Vijdon tutqinlarini ozod qilish qo’mitasi xalqaro
jamoatchilikka murojaat qilgan edi. Unda qamoqdagi 9 jurnalistni ozod
etishda yordam so’raladi.
O'zbekiston hukumatiga, xalqaro jamoatchilikka bunday murojaatlar takror va takror yuborilgan, biroq samarasi kuzatilmagan.
Sharhlovchilar fikriga ko'ra, bosimlar O'zbekiston-G'arb aloqalari bir qadar iliqlashgan pallada kuchaygani xavotirli.
Vijdon
tutqinlarini ozod qilish qo`mitasi rahbari Bahodir Nomozovning
aytishicha, tazyiqlar to`xtashi uchun ichkaridan faolroq harakat qilish
kerak.
“Murojaatimizga ko’plab tashkilotlardan
javoblar oldik, lekin natijaga erishish uchun ichkarida biror harakat
bo`lishi kerak. O`zimizdagi jurnalistlar bu murojaatni
qo`llab-quvvatlashi kerak. Ichkaridan harakat bo`lmasa, tashqaridan bir
natijaga erishish qiyin”, - deydi Nomozov.
So`nggi yillarda o`nlab mustaqil jurnalistlar, huquq himoyachilari O`zbekistondan chiqib ketishga majbur bo`ldi.
Shoir
Yusuf Juma, huquq himoyachisi A’zam Turg’unov, mustaqil jurnalist
Solijon Abdurahmonov birin-ketin turli ayblar bilan qamoqqa tashlandi.
Ochiq
tanqidiy maqolalari bilan jamoatchilikka tanilgan jurnalistlardan yana
biri, Dilmurod Sayid ta`magirlikda ayblanib, hibsga olindi.
Dilmurod Sayid qamoqxonadan chiqargan xatida o’ziga nisbatan ayblovlar soxta ekanini jamoatchilikka yetkazishni so`raydi.
“Bu xat hozir menda turibdi”, - deydi “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashanov.
O`zbekiston
Oliy sudi giyohvand moddalar savdosida ayblanib, 10 yilga qamalgan
mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonovning ishini qayta ko`rish uchun
Qoraqalpog`iston Oliy sudiga qaytargan.
“Ish
avval qonunlar buzilgan holda ko`rilgan edi. Lekin hozirch aynan
nimalarga bog`liqligini aniqlay olmadim. Fevral oyida akamni
uyidagilari ham, men ham ko`rib keldik. Ahvoli yaxshi, agar biz
ko`rgandan keyin biror kor-hol bo`lmagan bo’lsa”, - deydi Solijon
Abdurahmonovning ukasi Bahrom Abdurahmonov.
Tashanovning aytishicha, bosimlar muxolif fikrini ochiq atymagan faollarni ham chetlab o'tmayapti.
“U
xatida men hech qachon davlatga qarshi bo`lmaganman, prezident
siyosatini qo`llaganman, Qishloq farovonligi yili munosabati bilan
maqolalar e`lon qilganman, deb yozgan. Lekin bular inobatsiz qolgan.
Kattaqo`rg`on qamoqxonasiga borgan ota-onasiga issiq kiyim kiygizishga
ham ruxsat berishmagan”, - deydi Tashanov.