AQSh hukumati jahonning olti ayolini "Mard Ayol" deb tan olib, ularni oliy mukofot bilan taqdirlamoqda.
Sovrindorlardan biri - Mo'tabar Tojiboyeva, o'tgan yili O'zbekistonda qamoqdan ozod etilgan faol.
Mukofot (Award for International Women of Courage) kelasi hafta Vashingtonda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton tomonidan topshiriladi.
Tojiboyeva
qatorida bu unvonga Afg'onistondan Vajma Farog', Malayziyadan Ambiga
Shrinivasan, Rossiyadan Veronika Marchenko, Iroqdan Suad Abbos Salmon
Allamiy, Gvatemaladan Norma Kruz, Nigerdan Xadichatu Mani va Yamandan
Rim al-Numiriy ham munosib ko'rilmoqda.
Mo'tabar Tojiboyeva
mamlakatda tanilgan huquq himoyachilaridan biri va hukumatni o'z
xalqiga nisbatan shafqatsizlik va zulmda ayblab keladi.
2005 yil oktabrida O’zbekiston Jinoiy Kodeksining 16-bandi bo’yicha sakkiz yil
qamoq jazosiga mahkum etilgan Mo’tabar Tojiboyeva o'tgan yilning iyun oyida muddatidan erta ozodlikka
chiqarilgan edi.
Uning erkinlikka chiqarilishi o'shanda AQSh Davlat kotibi muovini
Richard Boucherning Toshkentga tashrifiga to'g'ri kelgan edi.
Mo’tabar Tojiboyeva Marg’ilondagi “O’tyuraklar klubi” inson
huquqlari tashkilotining raisi edi.
2005 yili Mo’tabar Tojiboyeva jahondagi 1000 nafar ayol qatorida tinchlik
uchun Nobel mukofotiga ko’rsatilgan.
2008
yilning yozida esa u Martin Ennals nomidagi yillik xalqaro sovringa,
sal keyinroq esa Fransiya hukumatining oliy mukofotiga ham sazovor
bo'lgan edi.