Main » 2009»Март»5 » Islom Karimovning O'zbekiston halqiga ko'rsatayotgan "karomati"
Islom Karimovning O'zbekiston halqiga ko'rsatayotgan "karomati"
01.42
Islom Karimovning O'zbekiston halqiga ko'rsatayotgan
"karomati".
Bemorni
davolash uchun avval bemorning qanaqa kasal bilan og'riganligini
aniqlash kerak.Quyida O'zbekiston respublikasining davlat sifatida
og'ir kasalga mubtalo bo'lgani va bu bemorning kasaliga qo'yilgan
"diagnoz" bilan tanishasiz.Tashhisni "Tinchlik
fondi"(/www.fundforpeace.org) qo'ygan.
O'zbekiston muvaffaqiyatsiz davlatlar indeksi (failed states index) bo'yicha sobiq Sovet Ittifoqi
davlatlari orasida yagona havotirli,beqaror(alert,unstable) davlatdir,Bunga ham
Islom Karimovning siyosati tufayli erishildi.O'zbekiston bu ro'yhatda 26- o'rinni
egallagan.Qo'shni davlatlar Tojikiston 38,Qirg'iziston39,Turkmaniston 46,Rossiya 72,Qozog'iston101 o'rinlarni egallab
ogohlantirish(warning) guruhi davlatlari qatoriga kiritilgan(List of countries by Failed States Index. http://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_Failed_States_Index)
.Shu o'rinda o'quvchilarga O'zbekistonning o'rni to'g'risida yanada
chuqurroq tasavvur bo'lishi uchun AQSH 160 o'rin bilan
o'rtamiyona(moderate) davlatlar guruhidan,Yaponiya 163 o'rin bilan
barqaror(sustainable) davlatlar guruhidan o'rin olganini aytish lozim.
O'z o'zidan shunday savol tug'iladi:Nega O'zbekiston 26 o'rin bilan
ahvoli havotir o'yg'otadigan davlatlar safiga tushib qoldi.Bu savolga
O'zbekistonning ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy indikatorlarini analiz
qilish orqali javob topamiz.
177
Norway
2.0
1.6
1.0
1.1
2.0
1.8
1.0
1.3
1.5
1.0
1.0
1.5
16.8
161
United States
3.5
4.0
3.2
1.0
5.5
2.3
3.0
1.8
4.2
1.3
2.0
1.0
32.8
101
Kazakhstan
6.2
3.6
5.2
4.0
6.5
6.0
7.7
5.5
6.8
6.5
7.8
6.6
72.4
26
Uzbekistan
7.7
5.4
7.1
7.1
8.6
7.7
9.3
6.8
9.2
9.0
9.2
6.3
93.4
1-ustun.Mamlakatning
dunyo bo'yicha muvaffaqiyatsizlik darajasi bo'yicha tutgan
o'rni.Albatta 1-o'rinda ahvoli eng og'ir davlat joylashgan.Bu davlat
Somalidir.Ahvoli eng yahshi davlat bu Norvegiyadir.O'zbekiston esa
26-o'rindadir.
2-ustun.Mamlakatning
nomi.O'zbekistonning dunyodagi o'rnini aniqroq tasavvur qilish uchun
eng barqaror maqomiga ega bo'lgan Norvegiya,ogohlantirish maqomidagi
Qozog'iston va havotirli maqomga ega bo'lgan O'zbekiston keltirilgan.
Ijtimoiy(sotsial)
indikatorlar. 3-ustun.Demografik
bosim.O'zbekiston uchun bu ko'rsatgich-7,7.Shu erda o'quvchiga shuni
eslatish lozimki ko'rsatkich qancha yuqori bo'lsa ahvol shunchalik
yomondir. 4-ustun.Qochoqlarning ommaviy ko'chishi (boshqa davlatlarga) yoki mamlakat ichida aholining
ommaviy ko'chishi.Bu ko'chishlar gumanitar halokatlarga olib kelishi mumkin.Bu ko'rsatkich O'zbekiston uchun 5,4. 5-ustun.Hokimiyatning
zo'ravonlik siyosatidan nihoyatda norozi bo'lgan va o'ch olish yoki
juda qayg'uda,tushkinlikdagi aholi guruhlari.Bu ko'rsatkich O'zbekiston
uchun-7,1.Bu guruhlarga diniy ekstremizmda ayblanib hukumat tomonidan
ta'qibga uchragan diniy oqim vakillari,loyiq(secular)muholifat
a'zolari,andijon voqealari qatnashchilari,qashshoqlashgan aholi
qatlamlari. 6-ustun.Doimiy ravishda hukumatning tayziqi tufayli
muholifat vakillarining,ishbilarmon,inlellektual kishilarning vatanni
tark etishi va chet elda diasporaning ko'payishi.Bu ko'rsatkich
O'zbekiston uchun-7,1.
Iqtisodiy indikarorlar. 7-ustun.Aholi qatlamlari bo'yicha notekis
iqtisodiy rivojlanish-8,6. 8-ustun.Keskin
yoki jiddiy ravishda iqtisodiy pasayish-7,7.Bu ko'rsatgich o'zini
hozirgi iqtisodiy pasayish davrida yaqqol namoyon qilishi mumkin.
Siyosiy indikatorlar. 9-ustun.Davlat organlarining (hokimiyat) kriminallashuvi va buning natijasida qonuniyligini yo'qotishi-9,3. 10-ustun.Aholiga
hizmat ko'rsatish sohalarining faoliyatini tinimsiz
yomonlashuvi-6,8.Bularga maorif,sog'liqni saqlash,transport hizmati va
aholini jinoiy guruhlardan himoya qilish kiradi.Bu hizmatlar ko'pincha
hokimiyatdagi elitaga hizmat ko'rsata boshlaydi. 11-ustun.Qonun
ustivorligining (rule of law) ta'minlanishini to'htab qolishi yoki
ma'muriy usulda tatbiq qilinishi.Inson huquqlarining keng ko'lamda
toptashishi-9,2 12-ustun.Havfsizlik hizmati "davlat ichida alohida davlat" maqomi darajasiga ko'tariladi-9,0. 13-ustun.Elitaning klanlashuvi.O'zbekiston rahbariyatida Samarqand Buhoro klanining aksariyat ustunligi-9,2. 14-ustun.Boshqa davlatlarning yoki tashqi siyosiy kuchlarning O'zbekistonning ichki ishlariga aralashuvi-6,3.
Ahvoli
havotirli o'rinni egallagan O'zbekistonni barqaror Norvegiya bilan
taqqoslasak O'zbekiston ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy indikatorlar
bo'yicha Norvegiyaga nisbatan ancha yuqori ko'rsatgichlarga ega
ekanligini,ya'ni ahvoli juda yomon ahvolda ekanligini ko'ramiz.Ayniqsa
siyosiy indikatorlar bo'yicha ahvol juda harobdir.Bular davlat
organlarining (hokimiyat) kriminallashuvi va buning natijasida
qonuniyligini yo'qotishi-9,3, qonun ustivorligining (rule of law)
ta'minlanishini to'htab qolishi
yoki ma'muriy usulda tatbiq qilinishi.Inson huquqlarining keng ko'lamda
toptashishi-9,2,havfsizlik hizmati "davlat ichida alohida davlat"
maqomi darajasiga ko'tarilganligi-9,0,Elitaning klanlashuvi.O'zbekiston
rahbariyatida Samarqand Buhoro klanining aksariyat ustunligi-9,2.
O'zbekistonning
muvaffaqiyatsiz havotirli davlat sifatida o'rtamiyona(moderate) AQSH
davlati bilan iqtisodiy krizislar vaqtida hokimiyat va aholi
o'rtasidagi munosobatlarni ko'rib chiqamiz.O'zbekistonda aholining
hukumat siyosatiga noroziligi kuchaygan paytlarda,masalan 1992 yilning
yanvarida Toshkentda studentlar shaharchasida studentlarning ommaviy
noroziligi militsiya tomonidan shafqatsiz bostirildi.Kamida 2 student
otib o'ldirildi.2005 yil may oyida Andijon shahrida aholining ommaviy
noroziligi kamida 750 kishining hukumat tomonidan otib o'ldirish bilan
yakunlandi.AQSH da esa aholining hukumat siyosatidan noroziligi tinch
ommaviy nomoyishlarga,ish tashlashlarga,ommaviy ahborot vositalarida
keskin bahslarga sabab bo'ladi.AQSH erkin,demokratik mamlakat
bo'lganligi uchun aholi o'z noroziligini ijtimoiy siyosiy faollikning
oshishi bilan bildiradi.Bu faollik pirovardida tinch yo'l bilan
erkin,demokratik saylovlar orqali hokimiyat almashuvi bilan
yakunlanadi.Ya'ni AQSHda halqning hohish irodasi amalga
oshadi.O'zbekistonda esa halqning ijtimoiy siyosiy faollashuvi
hokimiyat tomonidan jazolanadi.Sababi Islom Karimov O'zbekiston
konstitutsiyasini,halqini hurmat qilmaydi. Shuning
uchun O'zbekiston davlati-"bemor" havotirli maqomdan barqaror sog'lom
davlatga aylanishi uchun erkin,demokratik mamlakatga aylanishi
kerak.Buning uchun mamlakat erkinlashuvi va demokratlashuviga olib
keluvchi siyosiy islohotlar o'tkazilishi kerak.Fuqaroviy va siyosiy
erkinliklarni cheklovchi barcha qonuniy va ma'muriy cheklovlar bekor
qilinishi kerak.Albatta siyosiy islohotlatning dastlabki qadamlari
o'zgacha fikrlovchilarni ta'qib qilishni to'htatish:qamoqdagi
huquqbonlar,jurnalistlar,muholif partiyalar vakillarini ozod
qilish,inson huquq tashkilotlarini ,muholifat partiyalarni ro'yhatga
olish va ularga erkin faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratishdan
boshlanadi.
Abdujalil Boymatov,O'zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati sekretariatining a'zosi.
3-mart,2009 yil.
Views: 2234 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |