Четверг, 2024-11-21, 10.11
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2009 » Март » 14 » Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni" Navbahor Imamova
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni" Navbahor Imamova
13.12

Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"


13/03/2009

"Amerikada o'qib, malaka oshirib ketgan o'zbekistonlik bugun vatanida - xalq dushmani". AQSh matbuotida shu mazmunda xabarlar chiqqan.  

Gap 32 yoshli Abdulaziz Dadaxonov taqdiri haqida ketmoqda. U ekstremistik tashkilotga a'zolikda aybdor deb topilib, yaqinda sakkiz yilga qamaldi.  

Dadaxonovni "Abdul" deb chaqirishga o'rgangan amerikalik do'stlari "nahotki"? deb so'ramoqda.

Vatanda jinoyatchi deb topilgan yigit amerikaliklar nazarida O'zbekistonning asl farzandi. Abdul Dadaxonov, deydi uni bilganlar, yurti uchun jonini berishga tayyor bola edi.

"O'zbekistonga "vatanimni rivojlantiraman" deb qaytgan edi. Ingliz tili markazi ochgan edi",- deydi Dadaxonovga mezbonlik qilgan amerikalik ona, Judi Skartvedt.

[insert caption here]
Skartvedtlar oilasi Abdulaziz Dadaxonovni Amerika hayoti bilan yaqindan tanishtirgan. Uni o'z o'g'lilaridek ko'rgan.
Abdul, deydi O'zbekiston haqida u bilan tanishmaguncha deyarli hech narsa bilmagan bu ayol, matbuot va diplomatlar qila olmagan ishni amalga oshirgan. U yashagan Konnektikut shtatini Markaziy Osiyo va uning yuragida joylashgan O'zbekiston bilan tanishtirgan.

"Xalq orasidan chiqqan diplomatlar deyishadi-ku, Abdul xuddi shulardan biri edi. Xalqining haqiqiy vakili. Yursa ham, tursa ham, vatani haqida so'zlardi. Men uning o'z xalqi tinchligiga raxna solishi mumkinligiga hech ham ishonmayman",- deydi Judi Skartvedt.

O'zbekistonda "Nurchilar" harakatiga a'zolikda ayblanib, Abdulaziz Dadaxonov qatorida yana to'rt kishi - Bahrom Ibrohimov, Davron Qobilov, Ravshanbek Favoyev and Botirbek Eshqo'ziyevlar ham qamoq jazosiga mahkum etilgan. Sud ularni "Irmoq" degan jurnal chiqarib, diniy radikalizm urug'ini sochganlikda aybdor deb topgan.

Abdulaziz Dadaxonov bilan AQShda yaqindan do'stlashgan va unga bu mamlakatda diniy, xayriya va umuman nohukumat tashkilotlar qanday ishlashini tushuntirgan ruhoniy Jon Kidd "bu yigit mag'rur va iymonli musulmon edi", - deydi.

"Abdul men boshqaradigan Cherkovlar Kengashida tajriba oshirgan. Juda halol, rostgo'y yigit edi. Amerika jamiyatida nohukumat tashkilotlar muhim rol o'ynashini ko'rib juda hayratlangan. "O'zbekistonga qaytsam kutubxonalar ochaman, ta'lim masalasi bilan shug'ullanaman" der edi. Bilishimcha, shunday qilishga uringan ham",- deydi Jon Kidd. 

"Qayerga bormasin, o'zbek to'ni va do'ppisini olib yurar, ularni darrov kiyib yurti haqida gapira ketardi.  O'zbekistonni targ'ib qilib, qancha-qancha kechalar uyushtirgan. "Bizda din madaniyatimiz bilan qorishib ketgan" der edi. Uning biror eksremistik harakatga a'zo ekaniga ishonish qiyin".

"Amerika Ovozi" bilan gaplashgan amerikaliklar O'zbekistonda bo'lmagan va u yerdagi vaziyat bilan asosan do'stlari va xalqaro manbalar orqali tanish. Abdulaziz Dadaxonov bilan muntazam aloqada bo'lgan odamlar.  

2001-2004 yillarda, SOROS fondi yordamida Konnektikut (Connecticut) shtatidagi Feyerfild Universiteti (Fairfield University) biznes fakultetida o'qiganida, unga ilmiy rahbarlik qilgan Katerin Kidd sobiq talabasini ko'zida yosh bilan eslaydi. 

O'zini Abdulaziz Dadaxonovning Amerikadagi onasi deb biladigan Judi Skartvedt esa "O'zbekiston xalqiga bir gapim bor" deydi:

"O'zbekistonda erkin, ochiq fikrlashga uringanlar tazyiq ostida ekanini bilaman. Abdul bizga sizning yurtingizning a'lo jihatlarini namoyish etgan. Uning bugungi taqdiri esa O'zbekiston hayotining eng tashvishli tomonlarini ochib bermoqda".  

Abdulaziz Dadaxonov uylangan, farzandli. Feyerfild Universiteti uni magistraturaga o'qishga taklif etgan va O'zbekiston hukumatidan Dadaxonov ishini qayta ko'rib chiqib, ozod qilishni so'ragan. O'zbekiston rasmiylari masala yuzasidan lom-mim demaydi

Views: 2275 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Login form
Search
Site friends

Statistics