Четверг, 2024-11-21, 09.56
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2009 » Март » 14 » Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
13.43

Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda

 

Musulmon jamiyatlarida o’tkazilgan ommaviy so’rovlar shundan dalolat beradiki, aksariyat xalqlar iqtisodiy nochorlik, imkoniyatsizlik, qolaversa siyosiy-ijtimoiy erkinliklar cheklanganidan aziyat chekmoqda.

Shu bois, deydi “Amerika Ovozi” bilan muloqot qilgan mutaxassislar, G’arb davlatlari va jumladan Qo’shma Shtatlar, islom dunyosi bilan aloqalarni yaxshilash uchun oddiy insonlar dardiga quloq tutishi, muammo zaminida ularning e’tiqodi emas, nopok siyosat yotganini anglashi kerak.

Islomshunos olimlarning g’ashini keltiradigan masalalardan biri shuki G’arb bu din haqida nafaqat noto’g’ri tasavvurga ega, balki barcha musulmonlarni bir “qozon”da ko’radi. Nasroniylar bir-biridan farq qilganidek, musulmonlar ham turli davlatlarda turlicha qarash va madaniyatga ega. 

islam_cover_th
Jon Espozito (John Esposito), jamiyatshunos olim, global izlanishlarga tayangan holda shuni bildiradiki, bir-birini tushunmagan xalqlar aybni dinga ag’darmasdan, aloqa qilish sirlarini o’rganishi kerak.

Dunyoda bugun bir milliarddan ortiq musulmon bo’lsa, ularning har biri islom va zamon haqida o’z tushunchasiga ega. 

“Ularning barchasi, Amerika xavfsirayotganidek, bu davlatdan nafratlanmaydi. AQSh xalqiga emas, uning siyosatiga qarshilik kuchli xolos”, - deydi bu haqda kitob (Who Speaks for Islam? - Islom nomidan kim gapira oladi?) yozgan Jon Espozito.

Muammolar ortidagi sabablar

Markaziy Osiyoda tadqiqot olib borgan, masjidlarni kezib, namozxon-u imomlar bilan suhbatda bo’lgan Deyvid Montgomeri (David Montgomery), odamlar islomga o’zi istaganicha va bilganicha amal qiladi, deydi.

“Amerika”, - deydi u, “bu o’lka xalqlari bilan munosabatlarni kuchaytirmoqchi bo’lsa, o’z obro’si yoki nufuzi emas, umumbashariy manfaatlarga urg’u berishi kerak”.

Odamlar orasida yaxshi nom qozonish uchun, deydi olim, ularning dinidan kelib chiqqan holda emas, ular yuzlashayotgan muammolar yechimi uchun “biz nima qila olamiz”? degan ruhda siyosat yuritsin.

EspositoRev
G’arb matbuoti sahifalarida islom dunyosi qoloq, kambag’al, savodsiz va dunyoqarashi tor; din va urf-odat bayrog’i ostida yashirinib, oldinga siljishga, amaliy qadam tashlashga jur’at eta olmaydigan; shaxs manfaatlari, xususan xotin-qizlar huquqlarini chetga surib, inson qobiliyati va salohiyatini cheklashga o’rgangan jamiyatlar sifatida aks ettiriladi. 

Musulmonlar orasida ham, g’arbliklar orasida ham yuqoridagi ta’rifga qo’shiladigan va qo’shilmaydiganlar juda ko’p.

Ilm-ma’rifatli, iymon va idrokli fuqarolar ko’paysin desangiz, avvalo maorif va ta’lim sifatini oshirish kerak, deydi Jon Espozito. Musulmonlar ko’pchilikni tashkil etuvchi Indoneziya, Hindiston, Bangladesh singari davlatlarda savodsizlik katta muammo.

Islom Markaziy Osiyoda madaniyat bilan qorishib ketgan

Tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyoda ko’pchilik o’zini musulmon farzandi deb bilsa-da, islom haqida yetarlicha bilimga ega emas. Lekin bu borada ilmiy adabiyotlar bor, o’quv dargohlari mavjud. Islom fan sifatida o’rgatiladi.

[insert caption here]
AQShning Emori Universitetida (Emory University) din va tinchlikdan dars beruvchi Deyvid Montgomeri fikricha masjid, diniy tashkilotlar va ulamolar jamiyatning bir qismi. Odamlar og’irini yengil qilayotgan bo’lishi ham mumkin. Ular siyosiy kuchga aylanmasligi, davlat o’rnini bosishga urinmasligi lozim. 

Buning oldini olish uchun esa hukumat xalqqa xizmat qilishi kerak, toki davlat idoralari muammolarni hal qila bilsin. 

Masalan, deydi Deyvid Montgomeri, O’zbekiston va Qirg’izistonda imomlar suv talashgan odamlarning orasida vositachilik qiladi. Vaholanki, suv yetishmovchiligini hal etish hokimiyatda o’tirganlarning vazifasi.

Kommunizm davrida islomga ochiq amal qila olmagan Markaziy Osiyoda, deydi Deyvid Montgomeri, milliy an’ana va udumlar diniy qadriyatlar bilan qorishib ketgan. E’tiqod har qanday jamiyatda ruhiy malham sifatida ko’riladi.

Din

"Farg'ona vodiysi ekstremizm o'chog'i emas"

Aholisi zich va uch mamlakat oralig’ida joylashgan Farg’ona vodiysi, xalqaro maydonda ko’pincha diniy radikalizm o’chog’i deya tilga olinadi.

Vodiy hayotini yaqindan o’rgangan Deyvid Montgomeri bu ta’rifni tubdan rad etadi. Mintaqa aholisi iqtisodiy jihatdan qiynalayotganini ko’ra bila turib, bu vaziyatdan o’z shaxsiy manfaatlari uchun foydalanishga harakat qilayotgan kuchlarni ro’kach qilgan holda, butun mintaqani qoralash mantiqqa sig’maydi, deydi Montgomeri. 

Hukumat, deydi u, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo’lmasin desa, islohotlarga zo’r bersin.

O'zbekiston masjidlarida

Islomiy terrorizm?

“Islomiy terrorizm” terminiga qarshilik tobora kuchayib bormoqda.

Deyvid Montgomeri fikricha terrorizm, ektremizm va zo’ravonlik din yoki millat tanlamas ekan, yuqoridagi iboraga ham o’rin yo’q. 

Bu ibora musulmonlardan xavfsirashga o’rgatadi xolos va bundan hech kim naf ko’rmaydi, deydi u.

Olim Amerikaning navbatdagi prezidenti Barak Obamaga shunday maslahat beradi: biror xalq bilan, xususan O’zbekiston va qo’shni davlatlar bilan aloqa qilganda, xoh hukumat, xoh fuqarolar bo’lsin, oshkora ish tuting. Niyat ezgu ekanini isbotlang.

Sayyora aholisining 20 foizini tashkil etuvchi musulmonlarning aksariyati, so’rovlar o’tkazilganda, o’z rahbarlarini irodasizlikda ayblagan, siyosiy-ijtimoiy illatlardan noligan. Markaziy Osiyo ham bundan mustasno emas.

Views: 1777 | Added by: himoyachi | Rating: 5.0/1 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Login form
Search
Site friends

Statistics