Main » 2009»Март»23 » Mo'tabar Tojiboyeva huquq va adolat uchun kurashayotgan jasur va mard faol
Mo'tabar Tojiboyeva huquq va adolat uchun kurashayotgan jasur va mard faol
00.43
Mo'tabar Tojiboyeva –
Amerika Qo'shma Shtatlar nazarida nafaqat mo'tabar ayol, balki o'z
vatanida huquq va adolat uchun kurashayotgan jasur va mard faol.
"Amerika Ovozi" telestudiyasida mehmon bo'lgan Mo'tabar Tojiboyeva intervyuda Jasoratli ayol mukofotini o'z xalqiga bag'ishladi.
Sovrindor
nazarida O'zbekistonda fuqaro jamiyati bor. Uning aytishicha
hukumatning tinimsiz bosim va tazyiqlariga qaramay huquq va erkinlik
uchun kurash davom etmoqda.
"Xalqaro
hamjamiyat o'tgan uch oyda meni uch yuksak mukofot bilan taqdirlab, men
singari huquq himoyasi yo'lida ter to'kayotgan insonlarni quvvatlashini
ochiq ko'rsatdi",- deydi Mo'tabar Tojiboyeva.
Faol 2008 yilning iyun oyida qamoqdan ozod etilganidan beri inson huquqlari uchun Martin Ennals mukofoti
va Fransiya hukumatining yuksak unvoniga hamda mana Amerika tomonidan
jahonning yetuk ayollariga beriladigan oliy sovringa loyiq topildi.
"Qamoqda
azob chekib o'tirganimda menga kuch bergan narsa shu bo'ldiki",- deydi
Mo'tabar Tojiboyeva "odamlar mening nima uchun u yerda o'tirganim,
taqdirim haqida "Amerika Ovozi", "Ozodlik" va BBC kabi axborot
vositalari orqali ma'lumot olayotgan edi. Bu radiolarning roli katta,
ular hukumatning qilmishlarini yoritadigan asosiy manbalar".
"Ularda
chiqqan xabarlar hatto qamoqxonalarga yetib boradi. Odamlar ularga
tayanadi, tinglaydi, Internetni ularni o'qiydi va haqiqatni
o'rganadi",- deydi Tojiboyeva.
O'zbekiston qamoqxonalaridagi siyosiy mahbuslarni himoya qilish bugunning asosiy vazifasi, dedi huquq faoli.
AQSh
Davlat departamentida qilgan nutqida Tojiboyeva Obama ma'muriyatidan
panjara ortida o'tirgan muxolifatchi va faollar ahvoliga e'tibor
berishni, "bu nohaq qamalgan" insonlarni erkinlikka chiqarish uchun
harakat qilishni so'ragan.
Vashington nazarida O'zbekistonda tuzum juda repressiv va AQShning bu boradagi yillik hisobotda respublika uzviy haq-huquqlar muntazam poymol etiladigan jamiyat sifatida tilga olinadi.
Inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati, Mo'tabar Tojiboyeva
Vashingtonda bo'lib turgan paytda, O'zbekistonda fuqaro jamiyati faollarini
birlashishga va mahalliy hamda xorijiy vakillarni bir davraga to'plab, e'tiborni
qamoqdagi faollar va siyosiy mahbuslar taqdiriga qaratishga chaqirdi.
Mo'tabar Tojiboyevaning aytishicha uning boshchiligidagi O'tyuraklar
Klubi bu taklifni quvvatlaydi va yuqorida tilga olingan masalalar
yuzasidan muloqot va hamkorlikka tayyor.
AQShda ro'yxatdan o'tgan "Serquyosh O'zbekiston"
koalitsiyasi
ham "Ezgulik" ko'tarayotgan muammolarga qarshi birgarlikda kurashish
tarafdori ekanini bildirgan. Ma'lumki, bu tashkilot asoschisi Sanjar Umarov qator moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, 2006 yilda sakkiz yilga qamalgan. Tojiboyeva Vashingtonda Umarov haqida ham so'zlagan.
Mukofotdan
oldin, aniqrog'i fevral oyidan boshlab, "Novosti Uzbekistana" gazetasi
Mo'tabar Tojiboyevani Andijon voqealariga hissa
qo'shganlikda, ularning ortida turganlikda ayblab, bir necha qismli
maqolalar chop etgan.
"Novosti Uzbekistana" ning AQShdagi muxbiri Aydin Gudarzi o'z maqolalarida Mo'tabar Tojiboyevani firibgarlikda, radikal guruhlar bilan til biriktirganlikda, vatanini tashqi
dunyoga sotib, G'arbdan
mablag'
undirganlikda, grant uchun o'zini bir jabrdiyda sifatida
ko'rsatayotganlikda ayblaydi.
Faol bu tanqidlarga nima deydi? O'zbekistonga qaytishga qorqmaydimi?
Qonun va huquq haqida gapirganda, ularning
ustuvor emasligiga faqat hukumat aybdormi? Qonunni hurmat qilish har bir fuqarodan
boshlanmaydimi? O'zbekistonda xalqning
siyosiy-huquqiy ongi bugun qay darajada?
Javoblarni yuqoridagi TV intervyudan olishingiz mumkin.