O’zbekistonda rasman ro'yxatdan o'tgan “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati ustidan tergov boshlangan.
O’zbekiston
huquq-tartibot organlari rasmiylarining aytishicha, “Ezgulik” tarqatgan
xabarlar ustidan fuqarolar shikoyati ko’paygan.
Prokuratura va
IIB vakillari shu asosda “Ezgulik” ofisida va jamiyat rahbari Vasila
Inoyatovaning uyida surishtiruv o’tkazgan.
“Ezgulik”
a’zolarining so’zlariga ko’ra, so’nggi paytda jamiyat tomonidan
huquq-tartibot organlarida korrupsiya holatlariga doir bir necha
ma'lumot tarqatilgan. Tekshiruv shu bilan bog`liq bo`lishi mumkin.
Chilonzor tumani Ichki ishlar boshqarmasi esa “Ezgulik” jamiyati ustidan 4-5 fuqaro shikoyat arizasi yozganini bildirgan.
Inoyatovaning aytishicha, “Ezgulik” jamiyati ustidan surishtiruv inson huquqlari faollariga ko’rsatilayotgan yana bir bosim.
“Chilonzor
prokuraturada shu bo`yicha ish ochilgan, lekin hozir qanaqa modda, nima
ayblar bo`laypti - bu haqda ma`lumot berilmadi. Aslida bu oldindan
rejalangan, chunki kimni agar bartaraf etish kerak bo`lsa, shunday tagi
puch bahonalar bilan ish ochishadi. Samarqandda Komiljon Ashurov
ustidan ham centrasia.ru saytida chiqqan maqolasi uchun boshiga katta
ishlar solishgan. Jarimaga tortib, huquq himoyachisi sifatidagi
faoliyatiga bolta urishgan edi”, - deydi Inoyatova.
“Ezgulik”
tarqatgan so`nggi xabarda Toshkent shahar IIB sobiq amaldorlaridan biri
jinoiy ishni yopish uchun yuqori lavozimda turgan hamkasblariga,
prokuratura xodimlariga, sudyalarga advokatlar yordamida pora bergani
aytilgan.
Vasila Inoyatova Chilonzor tuman prokuraturasiga va
Sobir Rahimov tuman Ichki ishlar boshqarmasiga chaqirtirilgan. Biroq
tergovga rasman chaqiruv qog`ozi berilmagan.
Yaqinda andijonlik keksa yoshli jurnalist va yozuvchi Kushodbek Usmonov bezorilikda ayblanib, 6 oyga qamalgan.
Usmonovning
yaqinlari jinoiy ish jurnalistning huquq-tartibot organlari xodimlari
faoliyati haqida tanqidiy maqola e’lon qilgani bilan bog’liq, demoqda.
Ayni
paytda hibsda saqlanayotgan yana bir mustaqil jurnalist Dilmurod Sayid
ustidan tergov-surishtiruv ishlari ketmoqda. Pora talab qilishda
ayblanayotgan jurnalistning salomatligi og’irlashgan.
“Dilmurod
aka hibsga olingan kungacha turli idoralarga arizalar jo’natgan bu ish
bo`yicha, fotolavhalarni ilova qilib. Pul so’raydigan odam arizalarni
to`xtatib, murosa qilishga o`tadi. Bu hammasi uning tanqidiy
chiqishlari, jurnalistik faoliyati bilan bog’liq”, - deydi
jurnalistning turmush o’rtog’i Barno Jumanova.